O‘zbekiston | 16:46 / 12.07.2018
145266
1 daqiqa o‘qiladi

G‘ofur Rahimov IIV qidiruvidagi shaxslar ro‘yxatidan o‘chirildi

Foto: AIBA

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ishbilarmon, Xalqaro boks federatsiyasi - AIBA prezidenti vazifasini bajarayotgan G‘ofur Rahimovni qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatidan olib tashladi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda. 

G‘ofur Rahimov shu yilning 16 iyun kuni qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatida qayd etilgandi.

Ichki ishlar vazirligi rasmiy saytining yangilangan ma'lumotiga ko‘ra, 1951 yilning 22 iyulida tavallud topgan G‘ofur-Arslonbek Ahmedovich Rahimov va uning turmush o‘rtog‘i, 1967 yil 24 iyunda tug‘ilgan Lola Rahimova qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatidan topilmadi. 

Avvalroq, G‘ofur Rahimov hech qachon uyushgan jinoyatchilikka aloqador bo‘lmagani haqida bayonot bergandi. 

Unga «vaqtinchalik» prefiksidan qutilish imkonini beradigan AIBA prezidenti saylovlari joriy yilning noyabr oyida Moskvada o‘tkazilishi kutilmoqda. 
 

Mavzuga oid