Video: Turkmaniston prezidenti nabirasi bilan rep kuyladi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov ta'til vaqtida 16 yoshli nabirasi Karimguli bilan sport va badiiy ijodiyot bilan shug‘ullanishga qaror qildi.
Turkmenportal hukumat axborot resursining ma'lum qilishicha, prezident ta'tilni “Avaza” milliy turistik zonasida o‘tkazmoqda. Berdimuxamedov va uning nabirasi jismoniy rivojlanishga vaqt ajratib, so‘ngra birgalikda she'r yozib, uni rep usulida ijro etishdi.
“Turkmaniston prezidenti hordiq vaqtida musiqa yoki yozuvchilik va ilmiy ish bilan shug‘ullanishga doim vaqt ajratishga harakat qiladi”, deb aytilgan xabarda.
Ushbu jarayon turkman televideniyesi tomonidan kameralarga muhrlangan.
Qo‘shiq quyidagicha boshlanadi: “Sport! Turkmaniston! Go‘zal Avaza!”. Berdimuxamedov nabirasiga she'rni ijodiy yondashgan holda ingliz tiliga tarjima qilishni tavsiya qilgan. Nabira bobosi she'rini tarjima qilib, unga musiqa yarata boshlagan.
Berdimuxamedov sintezatorda, nabirasi esa gitarada musiqa chalib, qo‘shiqni rep usulida ijro etishgan.
Mavzuga oid

00:41 / 30.03.2025
Saida Mirziyoyeva Turkmanistondagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

20:08 / 21.03.2025
Turkmaniston prezidenti «Qadr kechasi» munosabati bilan 321 nafar mahbusni afv etdi

17:00 / 19.03.2025
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi

21:01 / 17.03.2025