Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston jamoasi Malayziyadagi xalqaro festivalda qatnashmoqda
Shu kunlarda Malayziyaning Sabah orolida 9-an'anaviy Xalqaro yoshlar milliy ashula va raqs festivali bo‘lib o‘tmoqda.
Unda 5ta davlat va Malayziyaning o‘zidan 20dan ortiq jamoa qatnashmoqda. Ushbu festivalni Sabah madaniyat vaziri ochib berdi. Festivalda o‘zbekistonlik yosh raqqoslar ham qatnashmoqda. Bu haqda o‘zbekistonlik yosh festival ishtirokchilarga tarjimonlik qilayotgan Zeboxon Temirova KUN.UZ’ga xabar bermoqda.
Hay'at a'zolari festivalda qatnashuvchi 39ta guruh xoreograflari va Sabahning eng kuchli musiqachilaridan tuzilgan. Oliy hakamlar esa Sabah oroli Bosh vaziri va Madaniyat vaziri hisoblanadi. Har bir hakam baholashni onlayn tarzda olib bormoqda. Festivalda qatnashayotgan jamoalar kuchli tayyorgarlik ko‘rgan va festival davomida faqat jonli musiqalar yangramoqda.
Bugun o‘zbekistonlik ishtirokchilarning chiqishlari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
12:42 / 01.05.2025
Malayziya O‘zbekistonda ekspluatatsiyadan chiqqan vagonlarni ta’mirlaydi
14:59 / 28.04.2025