Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahram G‘iyosov: «Mashg‘ulotlarni ko‘ngildagidek olib bora olmadim, biroq barchasi yaxshi bo‘ladi»
Rio Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni, bugungi kunda professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini meksikalik Daniel Echeverriyaga qarshi o‘tkazishi haqida xabar berib o‘tgandik.
Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot va media departamenti mazkur jang oldidan hamyurtimizning fikrlari bilan qiziqdi.
«Jangga tayyorgarlik odatdagidek davom etmoqda. Men doimiy tartibga qat'iy rioya qilaman va tayyorgarlikni aslo bo‘shashtirmayman. Mashg‘ulotlar juda yaxshi davom etmoqda. Bir oy davomida O‘zbekistonda bo‘lib, turli tadbirlarda ishtirok etdim. Tabiiyki, bu vaqt ichida mashg‘ulotlarni ko‘ngildagidek olib bora olmadim. Ammo, barchasi yaxshi bo‘ladi. Umid qilamanki, chiroyli jang ko‘rsatib, bahsni o‘z foydamga hal qilaman», – dedi Shahram G‘iyosov.
Eslatib o‘tamiz, G‘iyosov professional ringdagi 3-jangini 15 iyul kuni meksikalik Daniel Echeverriyaga qarshi o‘tkazadi.
Mavzuga oid
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
17:24 / 06.01.2025
Ayiq bilan kurashgan bokschi Shahram G‘iyosov jarimaga tortildi
00:13 / 29.12.2024
Bokschi Shahram G‘iyosovning ayiq bilan kurashi tarmoqlarda e’tirozlarga sabab bo‘ldi
09:49 / 01.08.2024