Jahon | 13:51 / 14.07.2018
10903
1 daqiqa o‘qiladi

​Afrikadagi yana bitta urush yakuniga yetdi

Foto: REUTERS

1993 yildan buyon Eritreyani boshqarib kelayotgan, mamlakatning birinchi prezidenti Isayas Afverki Efiopiya bilan «urush holati» bekor qilinganini ma'lum qildi. Bu haqda Reyters xabar bermoqda

14 iyul kuni Isayas Afverki uch kunlik rasmiy tashrif bilan Efiopiyaga yetib keldi. Mahalliy Efiopiya telekanallarida uning «urush holati»ni bekor qilgani haqidagi bayonoti ko‘rsatilgan. 

Prezidentni aeroportda Efiopiya Bosh vaziri Abiy Ahmad kutib olgan. Rahbarlar quchoq ochib, bir-birini olqishlagani markaziy telekanallar orqali namoyish etildi. Shundan so‘ng, ikki davlat rasmiy vakillari kengaytirilgan tartibda o‘tkazilgan yig‘ilishda chegaraviy mojarolarga barham berishga kelishib olgan.

Foto: REUTERS

 

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid