Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bugundan boshlab aliment to‘lamaganlar 15 kunga qamaladi
11 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Qonun bilan (O‘RQ-459-son) aliment sohasidagi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritilgan edi.
Ushbu o‘zgartirishlar bugundan kuchga kirdi.
Xususan endilikda:
aliment to‘lamaslik 15 sutka ma'muriy qamoqqa olinishiga sabab bo‘ladi;
aliment to‘lashga majbur shaxslar ikki oy (ilgari uch oy) mobaynida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa jinoiy javobgarlikka tortiladi (3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin);
har bir bola uchun aliment miqdori eng kam ish haqi miqdorining 75 foizdan (ilgari uchdan bir qism) kam bo‘lmagan miqdorda (138 225 so‘m) belgilanadi;
alimentni bola voyaga yetgunga qadar ko‘char va ko‘chmas mol-mulk yoki boshqa qimmatli narsalar berish orqali bir yo‘la oldindan to‘lash mumkin;
aliment oldindan to‘langan yoki garov shartnomasi tuzish holatlarida, ushbu shaxsga respublikadan chiqishga qo‘yilgan taqiq olib tashlanadi. Bunda garov qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining ikki yuz ellik baravaridan kam (46 mln 75 ming so‘m) bo‘lmasligi lozim.
Mavzuga oid
20:20 / 27.05.2025
Uchqo‘rg‘on hokimligi xodimi ikki ayolidan farzandlariga bir necha yillik aliment qarzini to‘lamayapti
14:15 / 09.04.2025
Toshkent shahrida ota 1,7 mlrd so‘m aliment to‘ladi
12:28 / 26.12.2024
Navoiyda 2,5 yildan beri qidiruvda bo‘lgan ota “dacha”dan topildi
16:17 / 02.11.2024