Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda 52 nafar chempion-sportchilarga OTMlarga kirish uchun imtiyoz beruvchi guvohnomalar topshirildi
Andijon shahrida Respublika va xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatlarga erishib, yurt sharafini munosib himoya qilayotgan yosh va umidli sportchilarning 52 nafariga oliy talim muassasalariga imtihonlarsiz, grant asosida kirish imkoniyatini beruvchi guvohnomalar topshirildi.
Tantanali tadbirda O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyat boshqarmasi hamda jamoatchilik vakillari, sportchi yoshlarning ota-onalari, murabbiylar ishtirok etdilar
Marosimda so‘z olgan viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i O‘tkirbek Toshpo‘latov, murabbiylar va sportchilarning ota-onalari yoshlarga bugungi berilgan imtiyoz kelgusidagi g‘alabalarga poydevor bo‘lishi zarurligini uqtirdilar.

Shu bilan birgalikda chempion-sportchilarni tayyorlagan ustoz-murabbiylarga alohida ehtirom ko‘rsatildi.

O‘ylaymizki, sportda o‘zini ko‘rsatgan g‘olib yoshlarimizdan kelajakda malakali ustozlar yetishib chiqadi.
Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025