O‘zbekiston Afg‘onistonga erkin savdo tartibini o‘rnatishni taklif qildi
O‘zbekiston Afg‘onistonga ikki mamlakat o‘rtasida erkin savdo tartibini o‘rnatish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi savdo vazirligida Afg‘oniston delegatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda so‘z borgan.
Vazirlik matbuot xizmati xabarida aytilishicha, Afg‘oniston delegatsiyasi to‘qimachilik sohasini qayta tiklash va rivojlantirish, tajriba almashish va kadrlar tayyorlashda O‘zbekistonning hamkorligiga umid bildirgan.
O‘zbekiston tomoni qator takliflar bergan, xususan afg‘onistonlik investorlarni davlat-xususiy sherikchilik tamoyili asosida hamkorlik qilish hamda chegaraoldi savdo zonasini tashkil etishni taklif qilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar almashish hajmi 2017 yilda 19 foizga o‘sgan va 617,1 mln dollarni tashkil etgan.
Mavzuga oid
13:30 / 20.11.2024
O‘zbekiston va AQSh afg‘on masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024