Jahon | 09:00 / 17.07.2018
17764
1 daqiqa o‘qiladi

Dahshatli zilzila topinish inshootining ochilishiga sabab bo‘ldi - video

Foto: AFP

Meksikalik arxeologlar ehromlardan birida joylashgan atsteklarning qadimiy ibodatxonasiga tasodifan duch kelishgan. Agar o‘tgan yilning sentabrida ro‘y bergan kuchli zilzila bo‘lmaganida, olimlarning xayoliga ehrom ichidan biror qurilmani izlash kelmagan bo‘lar edi, deb yozadi BBC.

O‘tgan yili Morelos shtatida ro‘y bergan zilzila nafaqat jiddiy talofatlarga sabab bo‘lgan, shuningdek, 370 kishining hayotiga zomin ham bo‘lgan edi.

Olimlar ehromning yagona maqsadda — tabiiy ofat yetkazgan ziyonni baholash uchun tadqiq qila boshlashgan, biroq alal-oqibatda yashirin ibodatxonaga duch kelishgan. U ikki metr chuqurlikda joylashgan ekan, deb yozadi «Argumenty nedeli» gazetasi.

Ekspertlarning fikricha, atsteklarning yomg‘ir ma'budi Tlaloku va urush ma'budi Uitsilorochtliga bag‘ishlab barpo etilgan Teopantsolko ehromi eramizning 1150-1200 yillari oralig‘ida qurilgan.

Mavzuga oid