Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boeing AQSh prezidenti uchun 3,9 mlrd dollarlik yangi samolyotlar yetkazib beradi
Pentagon, Oq uy va Boeing kompaniyasi 18 oylik muzokaralardan keyin AQSh prezidenti uchun 2 ta yangi samolyot shartnomasi narxi bo‘yicha kelishuvga keldi. Avvalroq Donald Tramp ushbu buyurtmani juda qimmatligi sababli bekor qilishni talab qilgandi. Samolyotlar 2024 yil oxirigacha yetkazib beriladi.
Shartnoma narxi 3,9 mlrd dollarni tashqil qiladi. Ta'kidlanishicha, shartnoma narxi inflyatsiya va joriy xarajatlar hisobga olingan holda Pentagon mo‘ljallaganidan 1 mlrd dollar kamroqqa aylangan.
Hozirda qo‘llaniladigan 2 ta prezident samolyoti Boeing-747 Air Force One almashtirilishga muhtoj, ularga xizmat ko‘rsatish juda qimmatga tushmoqda. Yangi samolyotlarni xarid qilish bo‘yicha qaror avvalgi prezident Barak Obama vaqtida qabul qilingan.
Biroq Tramp prezident saylovlaridagi g‘alabadan keyin shartnomani narxi qimmatligi sababli tanqid qilgan. Oq uyda ta'kidlanishicha, Boeing bilan yangi shartnomadan 1,4 mlrd dollar mablag‘ tejaladi.
Yangi samolyotlar qizil, oq va ko‘k ranglarga bo‘yaladi.
Mavzuga oid
21:53 / 02.05.2025
Tramp prezident samolyotini almashtirishga qaror qildi
19:24 / 16.04.2025
Rossiya AQShdan muzlatilgan aktivlari hisobidan Boeing samolyotlarini sotishni so‘radi - Bloomberg
21:41 / 21.03.2025
Tramp tarixdagi eng halokatli samolyot yaratilganini e’lon qildi
22:05 / 11.01.2025