Kobulda general Do‘stum tarafdorlari «parallel hukumat» tuzmoqchi

17 iyul kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida mamlakatning birinchi vitse-prezidenti general Abdul Rashid Do‘stumni qo‘llab-quvvatlovchilar namoyishi bo‘lib o‘tdi. Namoyish qatnashchilari uning mamlakatga qaytarilishini talab qilishdi, deb xabar berdi «Afganistan.ru» portali.
Shu bilan birga faollar Faryob viloyati tumanlaridan birining politsiya boshlig‘i va Do‘stumning yaqin kishisi Nizomuddin Qaysariyni hibsdan ozod qilishga chaqirishdi. Qaysariy bundan ikki hafta muqaddam hibsga olingan. Ayrim ma'lumotlarga qaraganda, unga nisbatan 20ta ayblov bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ammo politsiya boshlig‘ining partiyadoshlari uning hibsga olinishini Do‘stumga nisbatan siyosiy bosim sifatida baholashmoqda.
Namoyishchilar hukumatning me'yorida faoliyat olib borishi va parlament saylovlari o‘tkazish uchun birinchi vitse-prezidentning mamlakatda bo‘lishi zarur ekanligini ta'kidlashdi.
Norozilik namoyishi qatnashchilari Kobulni agar talablari bajarilmasa namoyishlar mamlakatning boshqa hududlarida ham davom etishi, bundan tashqari, oktabrga belgilangan ovoz berish jarayonlariga qarshilik qilinishi haqida ogohlantirishgan.
«Biz o‘zimizning mustaqil hukumatimizni e'lon qilamiz va boshqa viloyatlarda ham noroziliklar boshlanadi», – degan general Do‘stumning qaytishi tarafdorlaridan biri matbuot vakillari bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Do‘stumni qo‘llab-quvvatlayotgan faollar Faryob saylov qo‘mitasi vakolatxonasini o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur qilishgan va saylov qog‘ozlarini yo‘q qilishgandi.
Mavzuga oid

20:43 / 17.04.2025
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji

11:41 / 17.04.2025
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi

07:02 / 16.04.2025
Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi

20:09 / 15.04.2025