Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada jahon chempionati ortidan qancha daromad olingani ma'lum qilindi
Rossiyada futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazishdan olingan daromad mamlakat yalpi ichki mahsulotining bir foizga yaqinini tashkil qildi. Bu haqda Rossiya turoperatorlari uyushmasi rahbari Mayya Lomidze ma'lum qildi.
“Bu 850 mlrd rubl degani. Jahon chempionati tashkiliy qo‘mitasining baholashicha, bu qiymat barcha xarajatlarni qoplaydi. Bizda eng qimmatbaho chempionat bo‘ldi. Ayni vaqtga kelib shaharlarda juda ko‘p infratuzilmaviy o‘zgarishlar amalga oshirilgan va muxlislarning harakatlanishi bo‘yicha barcha xarajatlarni mamlakat o‘z zimmasiga olgan”, deb aytgan Lomidze.
Uning aytishicha, asosiy daromadni sayyohlar keltirgan. Ular 5,7 mlnga yaqin bo‘lgan va ulardan yarmini xorijliklar tashkil qilgan. Bundan tashqari, 220 mingta ish o‘rni yaratilgan.
Lomidzening ta'kidlashicha, musobaqaga qurilgan infratuzilma kelgusida ham daromad keltiradi va bu birinchi navbatda aeroport va mehmonxonalarga taalluqli. McKinsey konsalting kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, qo‘shimcha daromadlarni 2023 yilgacha olishni kutish mumkin. Muammolar faqatgina uch shahar: Nijniy Novgorod, Volgograd va Saranskda yuzaga kelishi mumkin. Bu shaharlardagi mehmonxonalarga talab bo‘lmasligi mumkin.
Avvalroq JLL kompaniyasi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga 683 mlrd rubl sarflanganini ma'lum qilgandi. Bu qiymatdan 437,8 mlrdi turli darajadagi byudjyetlar, 226,3 mlrdi esa xususiy sarmoyalar hisobiga to‘g‘ri kelgan.
Lomidzening gaplariga qaramasdan, jahon chempionatiga ketgan xarajatlar qoplangani haqida gapirish mumkin emas. Chunki 850 mlrd rubl bu YaIMga qo‘shilgan hissa bo‘lib, u byudjyetga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushum bo‘lmay, xususiy va davlat korxonalarining tushumi hisoblanadi.
Mavzuga oid
17:56 / 26.05.2025
AQSh 65 yildan so‘ng yana hokkey bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025