Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tesla investorlari Maskni Tailanddagi bolalarni qutqargan dayverdan uzr so‘rashga chaqirishdi
Foto: Mark Brake / Getty Images
Tesla investorlari amerikalik tadbirkor Maskni britaniyalik dayver va Tailanddagi g‘orda qamalib qolgan bolalarni qutqarish operatsiyasi ishtirokchisi Vern Unsuortni haqorat qilgani uchun uzr so‘rashga chaqirishdi.
"Vern Unsuort bilan aytishuv chegaradan chiqib ketdi. Bu harakating rahbariyatga salbiy ta'sir ko‘rsatadi", — deyiladi Gen Munster tomonidan kompaniya investorlari nomidan bitilgan ochiq xatda.
"Investorlar ishonchini qayta qozonish yo‘li bor. Bu uzr so‘rashdan boshlanadi", — deyiladi xatda.
23 iyul kuni Tailandda o‘n ikki o‘smir va ularning murabbiyi g‘orda qamalib qolganligi ma'lum bo‘lgan va 10 iyulda ularning barchasi qutqarib olingandi.
Mask ularni mini-suvosti kemasi yordamida qutqarishni taklif qilgandi. U suvosti kemasini sinovdan o‘tkazish uchun Tailandga shaxsan kelgandi.
Keyinroq qutqaruv operatsiyasi shtabi rahbari Narongsak Osottxanakon Maskning ixtirosi bolalarni g‘ordan qutqarishda ishlatilmasligini ma'lum qildi.
Mini-suvosti kemasidan foydalanilmagan bo‘lsa-da, tailandlik qutqaruvchilar Maskka taklifi uchun minnatdorlik bildirishdi.
So‘ngra Unsuort intervyu berib, Mask kompaniyasi ishlab chiqqan mini-suvosti kemasi shunchaki "PR-yurish" ekanligini va qurilmadan "foyda yo‘qligini" aytdi. CNN telekanalining xabar berishicha, Mask uning tanqidiga javoban Twitter sahifasida dayverni "pedofil" deb atagan, ammo keyinroq bu yozuvni o‘chirib tashlagan.
O‘z navbatida Unsuort Maskni haqorati uchun sudga berishini bildirgan.

Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
22:45 / 27.05.2025
Yevropada Tesla elektromobillari savdosi quladi
18:36 / 26.05.2025
Yangi avtopilot Tesla avtomobilini ag‘dardi
22:00 / 24.05.2025