Iqtisodiyot | 11:10 / 19.07.2018
20451
9 daqiqa o‘qiladi

YaHM holati: Andijon eng yuqori, Buxoro va Samarqand viloyatlari eng past o‘sish ko‘rsatkichlarini qayd etdi

Foto: Sputnik

Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2018 yilning yanvar – iyun oylari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha yalpi hududiy mahsulotning (YaHM) dastlabki baholash ishlari amalga oshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

YaHM – milliy hisoblar tizimining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, muayyan davrda mintaqaning iqtisodiy hududida joylashgan rezident – institutsional birliklar ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy natijasini ifodalaydi. YaHM ishlab chiqarish usulida, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi va mahsulotlarga sof soliqlar yig‘indisi orqali hisoblanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2018 yilning yanvar – iyunida YaHM hajmi joriy narxlarda 4 947,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2017 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,5 foizga o‘sdi. YaHMning o‘sishi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 102,6 (YaHM tarkibidagi ulushi – 10,1 foiz), sanoat – 104,0 (36,3 foiz), qurilish – 101,5 (8,4 foiz), xizmatlar sohasi – 103,7 foiz (45,2 foiz) kabi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur'atlari bilan bog‘liq. Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 2 677,6 ming so‘mni tashkil etdi va 2,1 foizga o‘sdi.

Andijon viloyati

YaHM joriy narxlarda 8 744,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 7,8 foizga o‘sdi. Iqtisodiy o‘sish qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 105,8 (YaHM tarkibidagi ulushi 31,7 foiz), sanoatda – 122,3 (25,4 foiz), qurilishda – 105,2 (5,7 foiz), xizmatlar sohasida – 103,2 foiz (37,2 foiz) kuzatilgan ijobiy o‘sish sur'atlari natijasida ta'minlandi. Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 2 893,6 ming so‘mni tashkil etdi va 6,0 foizga o‘sdi.

Buxoro viloyati

YaHM hajmi 2,2 foizga o‘sdi va 6 870,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. YaHMning tarmoq tarkibida o‘sish sur'atlari qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 101,6 (YaHM tarkibidagi ulushi – 30,1 foiz), qurilishda – 103,8 (11,3 foiz), xizmatlar sohasida – 103,7 foiz (38,7 foiz)ni tashkil etdi. Shuningdek, 2017 yilning mos davri bilan taqqoslaganda sanoat tarmog‘ida ishlab chiqarish hajmining kamayishi kuzatildi va 99,1 foizni tashkil etdi (mazkur tarmoqning YaHM tarkibidagi ulushi – 19,9 foiz). Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 0,8 foizga o‘sdi va 3 663,0 ming so‘mni tashkil etdi.

Jizzax viloyati

YaHM 4,8 foizga o‘sdi va 3 116,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur'atlari qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 104,9 (YaHM tarkibidagi ulushi 29,0 foiz), sanoatda – 104,2 (16,3 foiz), qurilishda – 105,4 (10,6 foiz), xizmatlar sohasida – 104,7 foiz (44,1 foiz)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YaHM hajmi 2 341,7 ming so‘mni tashkil etdi va 2,9 foizga o‘sdi.

Qashqadaryo viloyati

YaHM 3,7 foizga o‘sdi va 9 816,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. YaHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur'atlari bilan bog‘liq. Jumladan, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida o‘sish sur'atlari 102,3 (YaHM tarkibidagi ulushi – 20,7 foiz), sanoatda – 106,5 (37,7 foiz), qurilishda – 100,1 (7,9 foiz), xizmatlar sohasida – 102,3 foiz (33,7 foiz)ni tashkil qildi. Aholi jon boshiga YaHM 1,7 foizga o‘sdi va 3 104,9 ming so‘mni tashkil etdi.

Navoiy viloyati

YaHM o‘sishi 3,9 foizni tashkil etdi va 8 663,0 mlrd. so‘mga yetdi. YaHM tarmoq tarkibida o‘sish sur'ati qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 101,4 (YaHM tarkibidagi ulushi 13,2 foiz), sanoatda – 100,3 (62,9 foiz), qurilishda – 133,7 (4,7 foiz), xizmatlar sohasida 107,7 foiz (19,2 foiz)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 2,2 foizga o‘sdi va 9 010,8 ming so‘mni tashkil etdi.

Namangan viloyati

YaHM 5 776,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi, bu esa 2017 yilning mos davri ma'lumotlariga nisbatan 3,9 foizga ko‘pdir. YaHMdagi o‘sish sur'ati qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 105,5 (YaHM tarkibidagi ulushi 29,6 foiz), sanoat – 104,7 (14,9 foiz), qurilish – 104,7 (6,1 foiz) va xizmatlar sohasidagi – 102,7 foiz (49,4 foiz) ijobiy o‘sish sur'atlari bilan bog‘liq. Aholi jon boshiga YaHM 2,1 foizga o‘sdi va 2 131,6 ming so‘mni tashkil etdi.

Samarqand viloyati

YaHM hajmi 9 118,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2,4 foizga o‘sdi. Ushbu hududda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 100,5 (YaHM tarkibidagi ulushi 24,8 foiz), qurilishda – 109,0 (7,8 foiz), xizmatlar sohasida – 103,4 foiz (46,8 foiz) ijobiy o‘sish sur'atlari qayd etildi. Sanoat tarmog‘ida esa, ishlab chiqarish hajmining kamayishi kuzatildi va 2017 yilning yanvar - iyuniga nisbatan 99,8 foizni tashkil etdi (ushbu tarmoqning YaHM tarkibidagi ulushi 20,6 foiz). Aholi jon boshiga YaHM 0,4 foizga o‘sdi va 2 440,2 ming so‘mni tashkil etdi.

Surxondaryo viloyati

YaHM 6,3 foizga o‘sdi va 6 216,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi. YaHMning o‘sishiga ta'sir qiluvchi omillar bo‘lib, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 106,5 (YaHM tarkibidagi ulushi – 41,5 foiz), sanoatda – 128,1 (8,2 foiz), qurilishda – 105,3 (8,3 foiz), xizmatlar sohasidagi 102,7 foiz (42,0 foiz) o‘sish sur'atlariga xizmat qildi. Aholi jon boshiga YaHM 2 461,1 ming so‘mni tashkil etdi, bu esa 2017 yilning mos davri ma'lumotlariga nisbatan 4,1 foizga ko‘pdir.

Sirdaryo viloyati

YaHM 3,1 foizga o‘sdi va 2 629,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarida ham ijobiy o‘sish sur'atlari qayd etildi. Xususan, o‘sish sur'atlari qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida 100,2 (YaHM tarkibidagi ulushi 32,0 foiz), sanoatda 105,7 (27,1 foiz), qurilishda 105,2 (5,3 foiz), xizmatlar sohasida 102,8 foiz (35,6 foiz)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YaHM hajmi 3 211,3 ming so‘mni tashkil etdi va 1,4 foizga o‘sdi.

Toshkent viloyati

YaHM 13 877,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 3,2 foizga o‘sdi. YaHMning o‘sishi hudud iqtisodiyoti tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur'atlari bilan bog‘liq. Jumladan, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 101,0 (YaHM tarkibidagi ulushi 18,7 foiz), sanoatda – 105,3 (47,9 foiz), qurilishda – 106,2 (3,2 foiz), xizmatlar sohasida – 101,6 foiz (30,2 foiz) o‘sish sur'atlari kuzatildi. Aholi jon boshiga YaHM 2,0 foizga o‘sdi va 4 837,3 ming so‘mni tashkil etdi.

Farg‘ona viloyati

YaHM 3,3 foizga o‘sdi va 9 409,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. YaHMning o‘sishi hudud iqtisodiyoti tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur'atlari bilan bog‘liq. O‘sish sur'ati qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 100,5 (YaHM tarkibidagi ulushi 24,6 foiz), sanoatda – 105,2 (25,2 foiz), qurilishda – 107,7 (6,0 foiz), xizmatlar sohasida – 103,2 foiz (44,2 foiz)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 2 590,3 ming so‘mni tashkil etdi va 1,7 foizga o‘sdi.

Xorazm viloyati

HM 4 737,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi, bu esa 2017 yilning yanvar - iyuniga nisbatan 4,1 foizga ko‘pdir. YaHMning o‘sishi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 102,7 (YaHM tarkibidagi ulushi 28,4 foiz), sanoat – 111,3 (19,5 foiz), qurilish – 104,0 (9,0 foiz), xizmatlar sohasidagi – 102,3 foiz (43,1 foiz) o‘sish sur'atlari bilan bog‘liq. Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 2,5 foizga o‘sdi va 2 617,3 ming so‘mni tashkil etdi.

Toshkent shahri

YaHM 22 752,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi, bu esa 2017 yilning yanvar – iyuniga nisbatan 7,4 foizga yuqoridir. YaHM o‘sishining asosiy omillari bo‘lib, sanoat – 106,2 (YaHM tarkibidagi ulushi 31,5 foiz), qurilish – 110,9 (8,9 foiz), xizmatlar sohasidagi – 107,3 foiz (59,6 foiz) ijobiy o‘sish sur'atlari hisoblanadi. Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 5,6 foizga o‘sdi va 9 191,5 ming so‘mni tashkil etdi.

Avvalroq hisobot davrida O‘zbekiston YaIM hajmi joriy narxlarda 152,5 trillion so‘mni tashkil etgani va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 4,9 foizga o‘sish kuzatilgani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid