Sport | 11:56 / 19.07.2018
5433
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo o‘yinlarida uch sport turi bo‘yicha Koreya davlatlarining birlashgan jamoasi qatnashadi

Foto: VCG Photo

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va Koreya Respublikasi davlatlarining uchta sport turi bo‘yicha atletlari kelasi oy Jakartada boshlanadigan Osiyo o‘yinlarida bir jamoa sifatida ishtirok etadi. CGTN`ning xabarida aytilishicha, Osiyo Olimpiya Qo‘mitasi chorshanba kuni ushbu qarorni ma'qullagan.

«Ikkita mamlakat sportchilari Osiyo o‘yinlari dasturidagi 6ta musobaqada yagona Koreya jamoasi sifatida qatnashadi.

Bu voqea tarixda ilk marta sportning birlashtiruvchi kuch ekanini namoyish qiladi», - deyiladi qo‘mita bayonotida. Shu tariqa, koreyaliklar basketbol, ajdaho qayig‘i poygasi va eshkak eshish sport turlarida yagona jamoaga birlashishadi.

Ma'lum bo‘lishicha, mezbon Indoneziya prezidenti Joko Vidodo Shimoliy va Janubiy Koreya prezidentlari Kim Yong Yun va Mun Chjye Inni Jakartada o‘tadigan XVIII Yozgi Osiyo o‘yinlari ochilish marosimiga taklif etgan. 

2000, 2004, 2006 va 2018 yillardagi Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimida koreyaliklar bir jamoa sifatida ishtirok etishgan, biroq musobaqalarda alohida qatnashgan.  Janubiy Koreya va KXDR birlashgan ayollar xokkey jamoasi (Janubiy Koreyadan 23, Shimoliy Koreyadan 12 nafar xokkeychi) qishki olimpiadada ishtirok etganini istisno sifatida qayd etish o‘rinli.

18 avgustdan 2 sentabrgacha davom etadigan musobaqada 45 mamlakatdan jami 11300 nafar atlet ishtirok etadi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid