Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning yana 4 joyida radarlar o‘rnatildi
Toshkent shahar Yo‘l xavfsizligi boshqarmasi aynan qaysi hududlarda ko‘proq yo‘l transport hodisalari sodir bo‘layotganini aniqlab, u yerlarga tezlikni qayd etuvchi radarlar o‘rnatib bormoqdalar.
O‘zA xabariga ko‘ra, kechaToshkent avtomobil halqa yo‘lining to‘rt hududida radarlar o‘rnatildi. Ibn Sino mavzesi qarshisidagi Zangiota tumani «Chig‘atoy Oqtepa» MChJ (taxta bozor) yaqinida, «Gilamsaroy», «Maroqand» to‘yxonasi qarshisida, Toshkent halqa yo‘li yo‘l qurilish bo‘linmasida va Dehqonobod yo‘li kesishmasida (Yunusobod tumani) radarlar o‘rnatilgan.
Shuningdek, ibn Sino mavzesi yaqinidagi Toshkent halqa yo‘lining yaxshi yoritilmaganligi ham Toshkent yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan o‘rganilib, tegishli idoralarga xat yuborilgan.
Mavzuga oid
10:04 / 21.02.2025
Yo‘l harakati qoidalarida ayrim holatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilandi
23:15 / 29.03.2023
Ro‘zadorlarga avtomobilni xavfsiz haydash bo‘yicha maslahatlar berildi
14:32 / 24.03.2023
Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida yagona axborot tizimi joriy etiladi
15:47 / 21.12.2022