Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek ipak mahsulotlari Yevropa Ittifoqi davlatlariga eksport qilinadi
"Ӯzbekipaksanoat" uyushmasi taklifi asosida Rimda forum o‘tkazildi. Uyushma Boshqaruv raisi B.Sharipov, Ӯzbekistonning Avstriyadagi elchisi Sh.Asadov, Ӯzbekistonning Italiyadagi elchisi R.Qayumov, UNIDO vakili Dino Fortunato, ISMAA Osiyo va Afrika bӯyicha instituti bosh direktori Vincenzo Valenti, CONFAPI kompaniyasi rahbari Marko Tarica, Rimdagi SAPIENZA universiteti professorlari, Ӯzbekistonning Rimdagi faxriy konsuli Vittorio Giorgi, tekstil dastgohlari ishlab chiqaruvchi 200 ta korxonanani birlashtirgan ACIMIT assotsiatsiyasi rahbariyati va Italiyaning boshqa kompaniyalari vakillari ishtirok etdilar.
Forum ishtirokchilariga "Ӯzbekipaksanoat" uyushmasi Boshqaruvi raisi B.Sharipov Ӯzbekistondagi qulay biznes-investitsiya muhiti, pillachilik tarmog‘i, shuningdek, Agrosanoat majmuiga kiruvchi boshqa sohalarning rivoji uchun mamlakatimizda Ӯzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar, imtiyoz va qulayliklar tӯg‘risida, bu sohalarning istiqbolli biznes loyihalari, eksport imkoniyatlari tӯg‘risida taqdimot o‘tkazdi.
Forum ishtirokchilari prezentatsiya uchun minnatdorchilik bildirib, Ӯzbekistondagi qulay biznes muhiti ularda katta qiziqish uyg‘otganligi, ayniqsa, ipakchilikning rivojlanayotganligi, qishloq xӯjaligining boshqa sohalariga ham Davlat tomonidan qӯllab-quvvatlanayotganligi investorlar uchun bu sohalarning jozibadorligini oshirishini va albatta yaqin kunlarda Ӯzbekistonga hamkorlikda ӯzaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan yirik industrial park qurish uchun tashrif buyurishlarini e'tirof etdilar.
Shu jarayonda “Ӯzbekipaksanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi B. Sharipov tarkibida 550 dan ortiq moda brendlarini birlashtirgan “Sistema Moda Italia” uyushmasi vitse-prezidenti Andrea Taborelli bilan memorandum imzoladi. Unga ko‘ra, o‘zbek ipak mahsulotlari Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilish, mahsulotlarimizning “qo‘hna qit'a” bozoriga kirish huquqini beruvchi standartlarni olishiga mazkur uyushma yaqindan yordam beradi.
Hujjatni imzolash jarayonida Ӯzbekistonning Avstriyadagi elchisi Sh. Asadov va YuNIDO mas'ul eksperti Anita xonim ishtirok etdi.
Endilikda "Sistema Moda Italia" uyushmasi ӯzbek ipak mahsulotlarini YeI mamlakatlariga eksport qilishga, shuningdek, mahsulotlarimizning Yevropa bozoriga kirish huquqini beruvchi standartlarni olishiga yordam beradi.
Uyushma raisining Belgiyaning dunyoga mashhur VANDEWIELE kompaniyasi bilan tuzgan kelishuviga ko‘ra O‘zbekistonda 2019 yildan boshlab, ipak gilamlar to‘qiladi. Bunga sabab ushbu kompaniyaning ipak gilamlar to‘qish dastgohlarini yurtimizdagi pillani qayta ishlash korxonalariga o‘rnatish uchun ham kelishuv imzolandi. Bu jihozlarda Yevropa standartlari asosida ipak gilamlar to‘qish rivojlantirilib, kelasi yildan Made in Uzbekistan yorlig‘i bilan raqobatbardosh ipak gilamlari ishlab chiqarish boshlanadi. Ayni vaqtda bu yo‘nalishni boshlash va mahsulotni eksport qilish uchun yurtimizda yetarli miqdorda ipak xomashyosi mavjud.
Mavzuga oid
10:53 / 21.05.2025
O‘zbekiston asalni asosan ikki davlatga eksport qilmoqda
11:57 / 19.05.2025
Rossiyadan O‘zbekistonga qoramol eksporti hajmi oshdi
12:26 / 02.05.2025
O‘zbekiston mahsulotlari eksport qilinadigan mamlakatlar soni 85 taga yetdi
10:24 / 22.04.2025