AQShda katerning halokatga uchrashi videosi paydo bo‘ldi
AQShning Missuri shtatidagi Teybl-Rok ko‘lida sayr katerining halokatga uchrashi guvohlar tomonidan videoga olindi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, halokat 17 kishining hayotini olib ketgan.
Avvalroq 13 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. Stoun okrugi sherifi Dou Reyderning NBC telekanaliga ma'lum qilishicha, qurbonlar soni 4 nafar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanganlar jasadi topilgandan keyin oshgan. 7 kishi shifoxonaga tushgan, ulardan bir nafari og‘ir jarohatlar olgan.
Ma'lum qilinishicha, kater bortida halokat vaqtida 29 yo‘lovchi va ekipajning 2 a'zosi bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, halokatga kuchli shamol sabab bo‘lgan. Shamol kuchi 100 km/soatgacha yetgan.
Mavzuga oid
23:07 / 23.09.2024
AQSh Yaqin Sharqqa qo‘shimcha harbiy kuchlarni yuboradi
20:21 / 23.09.2024
Tramp saylovda yutqazsa, yana prezidentlikka nomzodini qo‘ymasligini aytdi
11:30 / 23.09.2024
AQSh Kongressida shatdaunning oldini olish uchun loyiha taqdim etildi
22:03 / 22.09.2024