Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Xodiyev Ispaniyada qo‘lga olindi. Endi Rashid Qodirovning o‘g‘li qidirilmoqda
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovning o‘g‘li Alisher Rashidovich Qodirovni qidiruvga bergani haqida avval xabar qilingan edi.

Ayni paytda, sobiq bosh prokurorning o‘g‘li hamon O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining qidirilayotgan shaxslar ro‘yxatida.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Alisher Qodirov tovlamachilik va firibgarlikda ayblanmoqda.
Shu bilan birga, xorij matbuotining xabar berishicha, Ispaniyada uning do‘sti, IIV tomonidan qidiruvda bo‘lgan Alisher Xodiyev qo‘lga olingan.
Alisher Xodiyev Alisher Qodirovning talabalik yillaridan beri do‘sti sanalgan.

U joriy yilning 10 mart kuni Barselonada Ispaniya politsiyasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Ehtimol, O‘zbekiston huquq-tartibot idoralarining sa'y-harakati bilan Alisher Qodirov ham yaqinda qo‘lga olinadi.
Eslatib o‘tamiz, 24 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasining sobiq Bosh prokurori Rashid Qodirov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 221-moddasi tartibida ushlangani haqida xabar berilgan edi. Qodirovga nisbatan «Tovlamachilik», «Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish», «Pora olish» moddalari bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. U Bosh prokuraturani 15 yil davomida boshqargan va 2015 yil aprel oyida ishdan bo‘shatilgan.
Mavzuga oid
16:59 / 13.05.2025
Alisher Qodirov maktabda bolalarga “Katyusha” yodlatilgani holati yuzasidan Maktab vazirligidan izoh so‘radi
19:04 / 15.04.2025
Tashqi ishlar vaziriga xorijdagi o‘zbekistonliklarning himoyasi borasida parlament so‘rovi yuborildi
18:01 / 11.04.2025
“Oqibatlari og‘ir bo‘ladi” - Alisher Qodirov internetdagi “axborot loyihalari” haqida
11:18 / 23.03.2025