Do‘stum Kobulga qaytishi bilanoq unga suiqasd qilindi
Afg‘oniston vitse-prezidenti Abdulrashid Do‘stum mamlakat poytaxti Kobulga qaytishi bilanoq aeroportda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda politsiyaga asoslangan holda Tolo News xabar tarqatdi.
AFP xabariga ko‘ra, aeroport darvozasi oldida, Do‘stum tarafdorlari yig‘ilib turgan hududda, vitse-prezident konvoyi yo‘lga tushganida xudkush terrorchi o‘zini portlatgan.
Afg‘oniston ichki ishlar vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, portlash oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar soni kamida 10 nafarni tashkil etadi. Siyosatchining o‘zi portlashdan jabrlanmagani aytilmoqda.
Do‘stum 2017 yili o‘z siyosiy raqiblarini o‘g‘irlash va qiynoqqa tutishda gumon qilingach, mamlakatdan chiqib ketgandi. Do‘stumni o‘z siyosiy raqibi Ahmad Ishchini 2016 yili mamlakat shimolidagi Juzjonda o‘g‘irlab ketib, 5 kun asirlikda saqlash va qiynoqlarga solishda ayblashgan. Unga nisbatan rasmiy ayblov ilgari surilmagan, ammo tekshiruvlar boshlangach, Do‘stum sud ta'qibidan qochib, Turkiyaga ketgandi. O‘shanda Do‘stumning vakili Bashir Ahmaj Tahyanj vitse-prezident «tibbiy ko‘rikdan o‘tish va qarindoshlari bilan uchrashish» uchun Turkiyaga yo‘l olganini ma'lum qilgandi.
Do‘stum 2008 yilda ham boshqa bir siyosiy raqibiga zo‘ravonlik qilishda ayblangan. O‘shanda u suiqasd tashkillashtirishda gumon qilingan. O‘shanda ham Do‘stum vaqtinchalikka Turkiyaga ketishga majbur bo‘lgandi. Keyinroq u Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay talabi bilan mamlakatga qaytgandi.
Mavzuga oid
22:37 / 27.10.2024
Boliviya sobiq prezidenti Evo Moralesga suiqasd uyushtirildi
11:28 / 26.10.2024
Komil Allamjonovga suiqasd bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
09:44 / 26.10.2024
Komil Allamjonovga suiqasd uyushtirildi - manba
22:59 / 25.09.2024