Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maqoladan so‘ng: andijonlik tadbirkor huquqi tiklandi, hokim qarori bekor bo‘ldi
Yaqinda Kun.uz saytida "Andijonda tadbirkor yeri nega tortib olindi?" sarlavhali maqola e'lon qilingan edi. Unda Andijon shahridagi "Yorboshi" xususiy tayyorlov ishlab chiqarish savdo korxonasi bilan bog‘liq muammo tilga olingandi.

Maqola e'lon qilingach, tadbirkorning muammosi tegishli mutasaddi tashkilotlarniing e'tiborini tortdi. Muammoga amaliy yechim berish harakatlari boshlandi.
Xususan, "Yorboshi" xususiy tayyorlov ishlab chiqarish savdo korxonasiga berilgan yer maydoni Andijon shahar hokimligi tomonidan olib qo‘yilganlik holati Andijon shahar adliya bo‘limi tomonidan o‘rganildi. Tezkor sa'y-harakatlar natijasida Andijon shahar hokimi 2018 yil 14 iyuldagi 763-q-sonli qarori asosida tadbirkorning huquqlariga ziyon yetkazuvchi va qonunga xilof ravishda chiqarilgan o‘zining avvalgi qarorlarini bekor qildi.

Qarorlar bekor bo‘lishi natijasida tadbirkor Q.Dadaboyevning buzilgan huquqlari tiklandi.
Umid qilamizki, tadbirkorlarimiz bu kabi e'tibordan mamnun bo‘lib, yurt ravnaqiga xizmat qilishda bardavom bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:52 / 28.02.2025
Guliston tumani hokimi o‘zgardi
15:39 / 24.02.2025
Oyoqosti bo‘lgan qonunlar va yo‘q qilingan yashil jamoat parki: “Ajdar yurak” hokimga chora ko‘riladimi?
09:49 / 15.02.2025
Hokimlar endi har oy tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan uchrashadi
23:02 / 23.01.2025