Yuraklarni larzaga soluvchi 15 ekstremal attraksion
Odatda, istirohat bog‘lariga odamlar hordiq chiqarish uchun borishadi. Ammo quyidagi attraksionlarga chiqishga hammaning ham yuragi dov bermaydi.
1. Zip World at Penrhyn Quarry, Buyuk Britaniya
Attraktsionga tashrif buyurganlar jarlik ustiga tortilgan uzunligi bir yarim kilometrli trosda soatiga 151 kilometr tezlikda harakatlanadi. Aytishlaricha, pastdagi tog‘lar va ko‘l manzarasidan shu tarzda bahra olish mumkin ekan. Albatta, agarda qo‘rquvdan ko‘zlar yumib olingan bo‘lmasa.
2. «Ulkan kanon», AQSh
Ulkan halinchaklar «Glenvud Kaverns» istirohat bog‘ida joylashgan. Attraktsion balandligi 400 metrli tog‘ yonbag‘rida bo‘lib, uning tezligi soatiga 80 kilometrni tashkil etadi.
Halinchakda uchish 60 soniya davom etadi va unga chiqmoqchi bo‘lganlar ehtimoliy jarohat va hatto o‘lim uchun parkni javobgar qilmaslik haqidagi shartnomaga imzo chekishlari lozim.
3. Takabisha, Yaponiya
Fuji-Q Highland parkidagi balandligi 43 metrli Amerika tepaliklari attraksioni 121 darajali og‘ish burchagiga ega bo‘lib, vagoncha yo‘lovchisi vaznsizlik holatida bo‘ladi. Eng katta og‘ish burchagiga ega bo‘lgan bu attraksion Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan.
4. Dodonpa, Yaponiya
Fuji-Q Highland parkidagi yana bir attraksion ham Amerika tepaliklaridir. U 2001 yilda ochilgan va o‘sha paytda eng tez attraksion sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kirgan. Vagonchalar soatiga 172 kilometr tezlikda harakatlanadi.
5. Sling Shot, Kipr
Bu attraksionda sizni ulkan ayrili cho‘zmada havoga uloqtirishadi. Qurilmaning balandligi 35 metrga teng.
6. Big Shot, AQSh
Attraktsion Stratosphere Las Vegas mehmonxonasi tomida joylashgan. Tashrif buyuruvchilar 329 metr balandlikka olib chiqiladi, so‘ngra birdaniga pastga tushiriladi.
7. Insanity, AQSh
Stratosphere Las Vegas dagi yana bir qo‘rqinchli attraksion Insanity charxpalagi ko‘rinishdan oddiygina. Faqat u 300 metr balandlikda aylanadi.
8. X-Scream, AQSh
Vagoncha Stratosphere Las Vegas tomidagi relslar bo‘ylab harakatlanadi va tom chetidan chiqib to‘xtaydi. Vagoncha ostidagi bo‘shliqdan yurak orqaga tortib ketadi.
9. Formula Rossa, BAA
Ferrari avtomobili 2,8 soniya ichida tezligini soatiga 100 kmga yetkazadi, Ferrari World parkidagi vagonchalar tezligi esa 4,9 soniya ichida soatiga 240 kmga yetadi. Ular Montsa avtodromi bilan bir xil qurilgan yo‘l bo‘ylab harakatlanadi, masofa 2,2 km.
10. White Cyclone, Yaponiya
Yog‘ochdan qurilgan Amerika tepaliklari tashrif buyuruvchini 15 qavatli bino bilan teng balandlikka olib chiqadi, umumiy masofa esa deyarli 2 kilometrga teng.
11. Kingda Ka, AQSh
Nyu-Jyersidagi bu attraksionning balandligi 139 metr. Yo‘lovchilar eng yuqori nuqtaga vertikal holda ko‘tariladi va shu tarzda pastga tushadi.
12. EdgeWalk, Kanada
Tomda yurishni xush ko‘ruvchilar attraksioni. Siz teleminoraning 116-qavatidagi maydon chetida yurishingiz mumkin. Maydon chetlari hech qanday panjara yoki to‘siq bilan o‘ralmagan.
13. Insano, Braziliya
Balandligi 14 qavatli uy bilan teng suvli tepalik deyarli to‘g‘ri burchak ostida bo‘lib, kishi pastga juda katta tezlikda tushadi. Pastda esa kichkinagina basseyn kutib oladi.
Tepalikdan pastga tushish o‘rtacha 5 soniya vaqtni oladi, bu vaqt butun hayotingiz ko‘z oldingizdan o‘tishi uchun yetarli.
14. Leap of Faith, BAA
Deyarli tik holatdagi suvli tepalikning balandligi atigi 27 metr. Ammo pastda sizni akulalar suzib yuradigan basseyn kutib turadi. To‘g‘ri, siz shaffof tunnel ichida bo‘lasiz.
15. The High Fall, Germaniya
Erkin qulash minorasining balandligi 61 metr. Attraktsion bir vaqtning o‘zida 30 kishini ko‘tarishi mumkin. Nomidan tushunarliki, tashrif buyuruvchi eng yuqori nuqtadan pastga sakraydi va bor ovozi bilan qichqiradi.
Mavzuga oid
17:04 / 31.07.2024
Namanganda nosozlik sabab attraksion daraxtga urildi, 1 kishining oyog‘i sindi
12:10 / 08.06.2024
Jizzaxda 17 yoshli yigit attraksiondan tushib ketdi
17:00 / 17.04.2024
Surxondaryoda attraksionning o‘rindig‘i sinib, qulab tushdi. To‘rt kishi jarohatlandi
09:42 / 13.01.2024