Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston "Global qullik indeksi"da 69-o‘rinni egalladi
Walk Free Foundation inson huquqlari tashkiloti tomonidan tuzilgan Global qullik indeksida (The Global Slavery Index 2018) O‘zbekiston 69-o‘rinni egalladi.
Tadqiqotga ko‘ra, O‘zbekistonda 160 ming kishi, yoki ming nafar aholiga 5,18 kishi majburiy mehnat bilan shug‘ullanadi.
Tadqiqotlar dunyoning 167 mamlakatida o‘tkazildi.
Shu bilan birga, Turkmaniston reytingda 17-o‘rinni, Tojikiston - 75, Qozog‘iston - 83 va Qirg‘iziston 85-pog‘onani egallab turibdi.
Global qullik indeksida birinchi o‘rinni Shimoliy Koreya egallagan. Ushbu mamlakatda 2,6 million kishi majburiy mehnat bilan mashg‘ul.
Eritreya, Burundi, Markaziy Afrika Respublikasi, Afg‘oniston, Mavritaniya, Shimoliy Sudan, Pokiston, Kamboja va Eron ham eng yomon o‘nlikka kirgan.
Mavzuga oid
19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi
12:04 / 22.04.2025