Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning suveren obligatsiyalari emissiyasi uchun «J.P. Morgan Chase» maslahatchi sifatida tanlandi
Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq mustaqil kredit reytingini olish va O‘zbekiston Respublikasi suveren obligatsiyalari emissiyasi uchun «J.P. Morgan Chase» boshchiligidagi banklar konsorsiumi bosh moliyaviy maslahatchi sifatida tanlandi.
Suveren obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish hamda mustaqil kredit reytingi olish bo‘yicha fiskal, to‘lov, transfer va listing agentlarining xizmatlari uchun haq to‘lash Moliya vazirligi huzuridagi zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Suveren obligatsiyalarni joylashtirishdan tushadigan mablag‘lar «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasidagi ishlarni bajarishga, shuningdek boshqa infrastruktura obektlarini qurish uchun yo‘naltiriladi.
«JPMorgan Chase» - Amerikaning transmilliy investitsiya banki va moliyaviy xizmatlar kompaniyasi bo‘lib, bosh shtab-kvartirasi Nyu-Yorkda joylashgan. Tashkilot hisobidagi aktivlari miqdori bo‘yicha AQShning eng yirik bank muassasasi hisoblanadi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025