Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qohiradagi hayvonot bog‘i eshaklarni bo‘yab qo‘yib, zebralar sifatida ko‘rsatdi
Misr poytaxti Qohiradagi hayvonot bog‘laridan birining egalari eshaklarni zebralarga o‘xshatib bo‘yab qo‘yishga qaror qildi. Bu tashrif buyuruvchilarni jalb etish maqsadida qilingan, deyiladi Extra News telekanali efiridagi ma'lumotda.
Ta'kidlanishicha, 9-sinf o‘quvchisi Muhammad Sarxon bunday o‘ziga xos ko‘zbo‘yamachilikni birinchi bo‘lib payqab qoldi. U Xalqaro bog‘ga tashrif buyurib, o‘tkazilgan ekskursiya vaqtida «zebra»lardan birining ko‘zi yonidan qora bo‘yoq oqib tushayotganini ko‘rib qolgan. Bola tasvirga olgan fotosuratlarini ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirdi.
Aniqlik kiritilishicha, hayvonot bog‘i direktori volerlardagi «zebra»lar haqiqiy ekanini iddao qilishda davom etyapti.
Mavzuga oid
08:43 / 30.10.2023
Qohirada Misr–O‘zbekiston ishbilarmonlari kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
17:52 / 19.10.2023
Qohirada “Fatvo va uchinchi ming yillik muammolari”ga oid xalqaro anjuman boshlandi
09:46 / 24.06.2023
Qohirada “yadroviy beshlik” vakillarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
14:47 / 20.02.2023