Sport | 18:27 / 25.07.2018
7300
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston U17 terma jamoasiga bosh murabbiy tayinlandi

Foto: O‘FA

Otabek G‘ulomxo‘jayev O‘zbekiston U-17 terma jamoasiga bosh murabbiy qilib tayinlandi, deb xabar beradi O‘FA. Uning boshqaruvida yoshlar yil oxiriga qadar o‘tkaziladigan xalqaro turnirlarda ishtirok etadi.  
 
O‘zbekiston U-17 termasi kelasi yil U-18 termasi sifatida yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining saralash turnirida ishtirok etadi. Ularni 2020 yil U-19 Osiyo chempionatining final bosqichi, 2021 yilda esa yoshlar o‘rtasidagi U-20 jahon chempionati kutib turibdi. 
 
Ayni vaqtda O‘FA Yevropaning bir qator davlatlaridan U-18 jamoalari o‘rtasidagi xalqaro turnirlarga taklifnoma olgan. Yil so‘nggiga qadar Otabek G‘ulomxo‘jayev jamoasi kamida 1ta xalqaro turnirda ishtirok etadi. Shuningdek, unga yosh futbolchilarni saralab olish uchun Toshkentda yig‘inlar tashkil etib beriladi. Futbolchilarni kuzatishi uchun sharoit yaratiladi. 
 
Otabek G‘ulomxo‘jayev hozirga qadar 150dan ziyod iqtidorli futbolchilar ro‘yxatini hamda yil yakuniga qadar bo‘lgan ish rejasini O‘FAga taqdim etgan. 

Bolalar va o‘smirlar futbolida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgani hamda o‘sishda davom etayotgani uchun ham O‘FA rahbariyati G‘ulomxo‘jayevga imkoniyat berishga qaror qildi. Bu mutaxassis 2001 va 2002 yillarda tavallud topgan o‘zbekistonlik futbolchilar haqida yetarlicha ma'lumotga ega.

Mavzuga oid