O‘zbekiston | 00:55 / 26.07.2018
32648
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda kechki ta'lim shakli joriy etilgan oliygohlarga qabul kvotasi tasdiqlandi

Foto: kun.uz

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarida 2018/2019 o‘quv yilida kechki ta'lim shaklida bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi. 

Ma'lum qilinishicha, kechki ta'lim yo‘nalishi O‘zbekistondagi 9ta oliygohda tashkil etilib, jami 1250 nafar talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qitilishi rejalashtirilmoqda. Shulardan 955 nafari darslar o‘zbek tilida tashkil etiladigan guruhlarda, 295 nafari esa rus guruhlarda tahsil olishi mumkin. 

Mazkur ta'lim shakli bo‘yicha kvotalar quyidagicha tasdiqlangan:

1. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti - 175

2. O‘zbeki​ston milliy universiteti - 240

3. Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali - 100

4. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti - 135

5. Toshkent davlat pedagogika universiteti - 75

6. Namangan davlat universiteti - 150

7. Samarqand davlat universiteti - 200

8. Samarqand davlat chet tillar instituti - 50

9. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti - 125

Ma'lumot uchun, kechki ta'lim shaklida bakalavrlarni tayyorlash oliygohning barcha ta'lim yo‘nalishlari uchun tatbiq etilmaydi.

Mavzuga oid