Light | 18:36 / 27.07.2018
14682
21 daqiqa o‘qiladi

“Men ishimni yoqtirmasdim”: Dunyodagi eng mashhur innovatsion kompaniya asoschisining g‘aroyib tarixi

Olti yil avval ofis uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi ServiceNow narxi kamtarona 2 milliard dollarga teng edi. Bugun u 30 milliard dollarga baholanib, Forbes’ning  2018 yil uchun eng innovatsion kompaniyalar reytingida birinchi o‘rinni egallagan. ServiceNow asoschisi Fred Laddi bunday natijalarga qanday erishdi?

Vegas har doim Vegasligicha qoladi. Muxlislar “Venetsiya” mehmonxonasida oyoq qo‘yishga joy qoldirishmadi. Bu yerga tashrif buyurishlaridan maqsad olomon ichidan yurib kelayotgan mashhur inson bilan selfiga tushish edi. Amerikadagi eng mashhur axborot texnologiyalar kompaniyasi ServiceNow asoschisi Fred Laddi. ServiceNow tomonidan har yili o‘tkaziladigan Knowledge konferensiyasiga tashrif buyurgan 18 ming mijoz, yetkazib beruvchi va xodimlar orasida Ueyn Nyuton ham, Selin Dion ham, Zigfrid va Roy ham bugun Laddiga teng kelolmaydi .

Foto: Nvdaily

“Bu odamlar seni ko‘rishdan xursand ekanlar, o‘zingni rok-yulduz deb his qilasan, - deydi ko‘zlari yonib turgan Laddi. Bunga o‘zingni noloyiq sezasan, chunki ishtiyoq manbasi aynan ular. Do‘stlar, bu g‘oyalarning bari sizda edi. Men bor-yo‘g‘i ularni yozdim va fikrladim”.

Laddining bu kamchiliklarini avf etamiz. O‘n to‘rt yil avval u deyarli kasodga uchradi. Uning 35 million dollarga teng shaxsiy boyligi bir soatda avvalgi kompaniyasidagi hisobchining firibi natijasida “havoga yo‘q bo‘ldi”. O‘n uch yil oldin bir o‘zi ServiceNow mahsulotini o‘z uyida ishlab chiqdi. Hatto muvaffaqiyatli IPO’dan keyin ham uning kompaniyasi narxi kamtarona 2 milliard dollarga teng edi.

Bugun Kaliforniya shtatidagi Santa-Klarada shtab-kvartirasiga ega ServiceNow 30 millard dollarga baholanmoqda. 6000 dan ortiq xodim ishlaydigan kompaniyaning 4000 dan ortiq mijozlari bor. Ulardan 850 tasi dunyodagi eng ommaviy firmalar Forbes Global 2000 ro‘yxatiga kiradi. O‘tgan yili uning daromadi 1,93 milliard dollarga teng bo‘ldi. Shu yili bu ko‘rsatkich 30 foizdan ko‘proqqa oshishi kutilmoqda. 500 dan ortiq kompaniyalar ServiceNow kompaniyasiga yiliga 1 million dollardan kam sarf etishmaydi.

Ular nimaga ega bo‘lishadi? Xodimlarga axborot texnologiyalardan olingan takliflarni osonlik bilan qayta ishlash imkonini beradigan sodda va moslashuvchan hujjatlar oqimi.Salesforce kabi barcha aloqalar (va ko‘pincha savdo vakillariga ularning keyingi qadami qanday bo‘lishi kerakligini aytib turadi) to‘g‘risidagi qaydlarni saqlash orqali tashqi mijozlar bilan ishlash imkonini beradi.ServiceNow xodimlar ehtiyojiga javob beradigan, sohadan bu bozorning yarmi uchun kurash olib borayotgan BMC Software, Hewlett Packard Enterprise, Chewell Software va CA Technologies kabi kompaniyalarni siqib chiqaradigan ichki tizimni taqdim etishga va'da beryapti.

ServiceNow hozirda berayotgan kuchli “innovatsion afzallik” mahsulotning ikki xislatida namoyon: mahsulotning masshtablashtirish imkonini beradigan sifati, soddalik va personallashtirish. ServiceNow axborot texnologiyalar (AT) instrumentlari hozirda AT boshqarmadan sozlashni talab etmaydi. U ishga tushirilishi bilan yagona markaz paydo bo‘ladi, u yerda talablar, ma'lumotlar nuqtalari va cheklistlar to‘planadi. Ular o‘z navbatida algoritmlar bilan qayta ishlanib, ehtiyojlarni oldindan aytib berishi, muammolarni qayd etishi va samaradorlikni baholashi mumkin. Hatto yangilanish sur'ati umumiy qoidaga ko‘ra 90 foizni tashkil qilgan sohada ham ServiceNow mashhur 98 foizga erishmoqda. “Ular dunyodagi yirik kompaniyalar uchun birinchi raqamli AT-hamkori sifatidagi o‘z mavqelariga ega bo‘lishdi va uni saqlab qolishyapti”,  - deydi Piper Jaffray tahlilchisi Aleks Zukin. Bu belgilarning bari kelajak oddiy AT-xizmatlari chegarasida ekanini bashorat qiladi.

Biroq Laddining yutug‘i uning menejmentdagi innovatsiyalariga ham asoslangan:  xususan, u asoschi uchun kamyob bo‘lgan tushunchaga ega, kerak bo‘lsa, bir chekkaga o‘tib, “farzandini” boshqa birov boshqarishiga ruxsat berish. Laddi 2011 yilda bosh direktor lavozimidan mahsulot bo‘yicha direktor lavozimiga o‘tgan. “Fred ajoyib maslahatchi, ustoz, do‘st, shuningdek mahsulotlarimizni yanada soddaroq qilib, foydalanuvchilar tajribasini yaxshilashga bizni olg‘a boshlaydigan odam”, - deydi avval eBay’da faoliyat yuritib, hozirda ServiceNow bosh direktori bo‘lgan  Djon Donaxo.

Ulkan maqsadlarga sodiqlik qobiliyati taqdirlanadi – hech bo‘lmaganda Forbes ro‘yxatida. Hozirda ServiceNow bir vaqtda tashkil etilgan va texnologik ulkan yo‘nalishlar asosiga qurilgan Facebook, Tesla va boshqa ko‘plab kompaniyalardan o‘zib ketdi. Maqtanish o‘rniga Laddi donishmandlikni ma'qul ko‘radi. Axir u ServiceNow’ni ulug‘vor 50 yoshda (texnologik sanoat o‘lchamlariga ko‘ra) barpo etdi. Yaxshi, 49 yoshu 346 kun  - yubileygacha ikki hafta. “Men kuta olmasdim, - deydi u, - chunki qandaydir psixologik cheklovlar 50 yoshimda kompaniya yarata olmasligimni aytardi”.

ServiceNow yuksak parvozining ildizi AT-menejmenti uchun dasturiy ta'minot yaratish kompaniyasi Peregrine Systems asosidan topilishi mumkin. Texnik direktor Laddi o‘n uch yil mobaynida kompaniya mahsulotini yaratdi, biroq uning rivojlanishi maxsus kelib chiqishga ega edi. Peregrine ikki yil mobaynida daromad summasi va aksiya narxini oshirish uchun bir necha qalbaki usullardan foydalandi. 2002 yilda sobiq yetakchi kutilmaganda bankrotlik jarayonini sahnalashtirdi va bir necha top menejyerlar, xususan bosh direktor ham panjara ortiga tushdi. Laddiga nisbatan hech qanday jinoiy ayblovlar qo‘yilmadi, uning 35 million dollarlik ulushi bir necha soatda “havoga singib ketdi”.

Foto: Twitter /theCUBE

“Men ishimni yoqtirmasdim”, - deydi Laddi vaqt va milliard dollar taqdim etgan istiqbol natijasida. – Pulni yo‘qotish men bilan sodir bo‘lgan eng yaxshi narsa edi”. Xafa bo‘lish o‘rniga Laddi o‘zi yoqtirmagan narsa – AT-boshqarmasi, oddiy xodim hamkorlik qilishi o‘ta mushkul bo‘lgan joy bilan bog‘liq masalaga kirishish va yo‘qotilgan pul o‘rnini to‘ldirishga qaror qildi. Boyligidan ayrilgach, Laddi San-Diyegodagi uyiga kirib olib, keyinchalikServiceNow’ga aylanadigan mahsulot ustida ish olib bordi.

Bunday optimistlik Indiana shtatidagi Nyu-Kaslda yuzaga kelgandi. Uning otasi - hisobchi, onasi katolik maktabida o‘qituvchi edi. Yosh Laddi o‘zining tan olishiga qaraganda, qiziqish bilan o‘qimas edi, biroq mexanizmlar uni o‘ziga rom etardi. U hamma narsani buzib, qayta yig‘ib ko‘rardi. O‘n yetti yoshida American Standard kompaniyasida yugurdak bo‘lib ishlardi. Bir kuni ofisga HP kompyuteri o‘rnatishganini ko‘rib, unda ishlashga ruxsat so‘radi. Dasturlashtirish bo‘yicha mustaqil o‘rganish darslari (1972 yilda Nyu-Kaslda kodlarni yozish bo‘yicha eng minimal ko‘nikmalarga ega odamlarning yetishmasligi) tufayli o‘n kundan keyin Laddi aynan o‘sha yerga dasturchi bo‘lib ishga joylashdi.

Tez orada u ilk marta dasturlar odamlar hayotini yaxshiroq qilishini angladi. U buyurtmalarni kiritish uchun dastur yozdi. Endi kotiba omborxona eshigida osiladigan bir xil ma'lumotli buyurtma shaklini yozish uchun bir kunini ketkazmasdi. O‘sha vaqtlarni eslab Laddi shunday deydi: “Kimgadir ular orzu ham qilmagan texnologiyani berishdan yaxshiroq narsa bo‘lmasa kerak”. Uni Indiana Universitetidan haydashganida (u darsga borish o‘rniga bor vaqtini dasturlashga sarflardi), Laddi Kremniy vodiysi, IBMning yuqori darajali meynfreym-kompyuterlar sohasidagi erta raqibi Amdahl Corp’ga otlandi.

Hatto Peregrine qulash davrini boshdan kechirayotgan bir vaqtda ham Laddi o‘ttiz yil davomida dasturlash orqali tushungan inqilobiy g‘oyasini qo‘llashga qaror qildi: kompaniya nomida aks etganidek, u ofis xizmatlarini internet orqali obuna asosida (har oylik, har bir mijoz uchun individual) amalga oshiradi. Uni juda oson yangilash mumkin. Bu  2003 yildagi voqea bo‘lgani sabab Laddi dasturiy ta'minot xizmat sifatida qaralgan sohada yetakchi bo‘ldi va foydalanish uchun oddiy va qulay, o‘rta statistik ofis ishchisi uchun mo‘ljallangan interfeysni taqdim etardi. Laddining ukasi Rob (u ham Peregrine kompaniyasida ishlardi) kompaniyaga 2005 yilda birinchi savdo vakili bo‘lib qo‘shildi va ular mahsulotni bozorga olib chiqishdi.

“Bizda ish oqimi uchun ajoyib va oddiy platforma mavjud edi va odamlarga shunday derdik: qarang, siz uning yordamida barcha kerakli narsalarni amalga oshira olasiz, ularga esa bu qiziq emasdi, - deb yodga oladi o‘sha vaqtda hisobni to‘lash uchun mashinasini sotgan Laddi. Shuning uchun biz chekinib, o‘z-o‘zimizga shunday dedik: yaxshi, bu AT-ko‘magi bilan boshqarish uchun a'lo darajadagi instrument deyapmiz, bu fikrni mustahkamlab, AT-ko‘magi uchun mahsulot yaratsak qanday bo‘larkin? Bu safar bozor jonlandi.

2005 yilning iyul oyida ServiceNow ilk marta JMI Equity tomonidan boshqarilgan A raundda 2,5 million dollar hajmida moliyalashtirishni jalb etdi. Kompaniya ilk shartnomani 2005 yilda offshor kazino WagerWorks bilan tuzdi. O‘sish sekin kechdi – birinchi yillarda bir necha o‘nlab xodimlar bilan bir necha million daromad – u qadar barqaror emas.

O‘sha vaqtga kelib Sequoia Capital firma uchun D seriyasi raundlarini o‘tkazdi. Mazkur raund mobaynida 41,4 million dollar jalb etildi. ServiceNow daromadlari bu vaqtga kelib har yili ikki marta oshayotgan edi. Kompaniya Deutsche Bank, Intel va McDonald's kompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantirib, plyusga chiqdi. Xodimlar soni yuztaga yetdi.

Foto: Wikipedia

Bu vaqtda Laddi o‘z yuksak maqsadlarini bir chetga surib qo‘ydi. U mahsulot yaratishni bilardi. Unga kompaniyani rivojlantirishni biladigan bosh direktor kerak bo‘ldi. Bir necha suhbatlardan so‘ng diqqatini yig‘ib olgan, qattiqqo‘l menejyer daniyalik Frenk Slutmanda kompaniya “yuqoridan belgi”ni ko‘ra oldi. Slutman “sotuvlar” jamoasini yaratish va mahsulotni Johnson & Johnsonga o‘xshagan yirik va to‘lov qobiliyatiga ega yirik kompaniyalar ehtiyojiga qarab o‘zgartirishga o‘z e'tiborini qaratdi. “Frenk bizni juda ulkan startapga aylantirdi, - deydi Laddi, - jarayon va tamoyillarni joriy etib, kompaniyani men orzu ham qilmagan juda katta, bir qolipga tushirilgan mashinaga aylantirdi”.

2011 yil oxirida kompaniyani yana bir amerikalik dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi Vmware 2,5 milliard dollarga sotib olishni taklif etdi. Laddi sotib yuborishni istadi – u ServiceNow mahsulot konsepsiyasi Vmware tarkibida muvaffaqiyatli rivojlanishi mumkin deya hisoblardi. Uni sotib yuborish esa moliyaviy xavfsizlik degani edi. Milliarder va fond hamkori Duglas Leone fikriga ko‘ra bu “kompaniyani berib yuborish”ni anglatardi. “Biz ServiceNowda bozor uchun mos keladigan mahsulot va a'lo darajadagi menejyerlar jamoasi mavjud deb hisoblardik”, - deydi Leone. – Bundan tashqari, bu bozorda g‘olib barchasiga ega bo‘ladi – Salesforce ortidan keladigan kompaniyani aytib berolmaysiz”. Leone 10 milliard dollarga oddiy yo‘lni ko‘rdi va o‘z so‘zini pul bilan mustahkamlab qo‘ydi. Istalgan odamning ulushini Vmware narxida sotib olishni taklif etdi. Natijada hech kim rozilik bildirmadi.

Dastlab oson bo‘lmadi. Ilk uch-to‘rt oy davomida Sequoia rahbariyat bilan yaxshi munosabatda bo‘ldi. Undan keyin savdolar keskin ravishda o‘sa boshladi. Kompaniya 2002 yilning iyunida birjaga chiqdi. Biroq uning holati Vmware sotib olganiga qaraganda yaxshi emasdi.

Joylashtirish vositalari, shuningdek yangi aksiyalar chiqarish imkoniyati bilan qurollanib, Slutman yangi texnologiyalar uchun kompaniyalarni sotib ola boshladi. Xuddi Salesforce, Microsoft va boshqa istalgan texnologik o‘yinchi kabi sun'iy aqlga sarmoya kiritish uchun. ServiceNow yanada tezroq rivojlana boshladi. Mohiyatan u direktorlar uchun AT bo‘yicha universal yetkazib beruvchiga aylandi. Chunki ko‘plab standart vazifalarni birlashtirib, avtomatlashtira olardi: hodisalarni kuzatish, parollarni tiklash, qurilmalar taklifi, yangi foylanuvchi akkauntlarini yaratish, muammolarni bartaraf etish va AT-tizimlar va sodda interfeysli portal orqali javoblarni boshqarish.

2016 yilda foyda1,39 milliard dollarga, bozor kapitalizatsiyasi 12,34 milliard dollarga yetdi. Leone kompaniya 10 millard dollarga erisha oladi deb aytganidek, ServiceNow jamoasi u qadar katta o‘sishni amalga oshira olmasligini tushunib yetdi. Nima uchun faqat AT-boshqarmalarigagina xizmat ko‘rsatish kerak? Dasturiy ta'minot va obro‘ ServiceNowga boshqa  - mijozlarni qo‘llab-quvvatlashdan tortib kadrlarni tanlashgacha kabi boshqa sohalarga ham kirib borish imkonini beradi.

Laddi “o‘z kuchini ko‘rsatdi”. Asoschi kompaniyani keyingi bosqichlarda «olg‘a olib bora olmayman» deb hisoblaganidek, Slutman kadrlarni qo‘llab-quvvatlash va xavfsizlik kabi sohalarga chuqur kirish uchun ServiceNow’ga yangi bosh direktor kerakligini angladi. O‘tgan yili kompaniya boshqa sobiq eBay rahbari Jon Donaxoni ishga oldi, Laddi esa o‘zini mahsulotlar bo‘yicha direktorlikdan raislikka ko‘tardi.

Foto: REUTERS

Jon Donaxoning AT sohasida tajribasi yo‘qligi aniq: PayPal to‘lov tizimiga rahbarlik qilgan eBay kompaniyasida u Bain konsalting gigantining bosh direktori bo‘lgan. Biroq u Laddi o‘n besh yil avval anglagan narsani yaxshi tushunadi: murakkab jarayonlarni sodda va nafisga aylantirish kerak. “”Milleniallar so‘raydilar: nima uchun men PayPal’da parolimni 20 soniyada almashtira olaman, biroq ish stolini qaytadan ishga tushirish deyarli 20 daqiqa va qo‘ng‘iroqni talab etadi? – deya savol beradi Donaxo. – Mijozlarga kutish talab etilmaydigan tajribalar kerak va xodimlar ham aynan shunday o‘ylashadi”.

Shuning uchun Donaxo korxonaning har bir bo‘limida AT-yordamining tarmoq bo‘yicha kengayishi va oson boshqarilishini amalga oshiradi. Bunday hizmatlar “mahsulot ichida tug‘ilgan” bo‘lib, kadrdan tortib xavfsizlikkacha, mijozlarni qo‘llab-quvvatlash, marketing, yuridik yordam, moliya va xo‘jalik – barcha bo‘limlarni yagona taqsimlangan ma'lumotlar bazasiga birlashtirish, kompaniyaga esa ma'lumotlarni tahlil qilib, shunga mos tarzda harakat qilishda yordam beradi.

Savdolarni  to‘rt marta, ya'ni 10 milliard dollargacha oshirish maqsadi  xodim ishga olingan paytdan boshlab, tizimga aylanadi. O‘tgan yili ServiceNow ishchilarni ishga olishdan boshlab, kundalik faoliyat, relokatsiya, kasallik varaqasi va ishdan ketgungacha bo‘lgan barcha jarayonlarni boshqaradigan mobil ilovani ishga tushirdi. Yagona ilovada xodimlar ish joyi qayerda joylashgani, hamksblari kimlar ekani to‘g‘risidagi ma'lumotlarni topib, kadrlar bo‘yicha rahbarga savollar berishi, oylik maosh va AT-muammolari bo‘yicha talabnomalar yo‘llashi mumkin. Donaxo fikriga ko‘ra, yangi telefonni o‘rnatish Uber’ni chaqirish va Snapchat’da yozishish kabi oson bo‘lishi lozim.

“Bu texnologiyalar uchun texnologiyalar emas, - deydi Donaxo. – Biz odamlar tizim ma'muri bo‘ladimi, yoki so‘nggi foydalanuvchi - uning ishxonadagi hayot darajasini yaxshilashni istaymiz”. Bu bor-yo‘g‘i chiroyli interfeys emas. “Buni xodimlarning tajribasi deyishadi, biroq men uchun samaradorlilik”, - deydi Deloitte’da ishlaydigan Josh Bersin. – Men nafaqa pullarini o‘tkazayotganda maroq olishni istamayman. Bor-yo‘g‘i buni tugmani bir bosishda amalga oshirishni xohlayman.

Ishning bunday yo‘nalishga burilishidan keyin Laddi va Donaxo Salesforce, Microsoft, IBM va Workday tarkibiga kiradigan yanada moslashuvchan guruh bilan ham raqobat qila oladi. ServiceNowning yagona afzalligi: AT-xizmalari va unga bog‘liq mahsulotlar sohasida o‘zining ustun holatiga asoslanib, savdolarni oshirish qobiliyati. O‘tgan yili Donaxo savdo va marketing xarajatlarini 30 foizdan ortiq ko‘rsatkichga oshirdi.

Bu xarajatlar o‘z mevasini berdi. ServiceNow 2018 yilda obunadan tushadigan foyda 2,4 milliard dollarga yetadi degan fikrda. Yangi yo‘nalishlar beradigan imkoniyatlar Credit Suisse tahlilchisi Bred Zelnik tomonidan 34 milliard dollarga baholanmoqda. Bu ko‘rsatkich esa 27 milliard dollarga teng bulutli AT-bozori hajmidan ko‘p.

Mazkur barcha sohalardagi keyingi qadam: barcha talabnomalar, ma'lumotlar nuqtalari va cheklistlarni tahlil qilish uchun algoritmlardan foydalaning, ehtiyojlarni oldindan aytib bering, muammolarni qayd eting va samaradorlikni baholang. Xizmatni oddiygina taqdim etish o‘rniga kompaniya avtomatlashtirish va tahlilni sun'iy aql yordamida yaxshilashni istamoqda. Ko‘plab innovatsiyalar ilovalarni yaratuvchi chetdagi ishlab chiquvchilardan kelib tushmoqda. (Masalan mijozlar o‘g‘rilik va chakana savdo do‘konlarida oynalarni sindirish holatlari yoki bog‘dagi yo‘qolib borayotgan hayvon turlarini kuzatish uchun 35 mingga yaqin personallashtirilgan ilovalarni yaratishdi). O‘sishning katta qismi sun'iy ongdan bo‘lishi kutilmoqda. O‘tgan yilning yanvar oyida ServiceNow kompaniyasi DXContinuum’ni qo‘lga kiritish uchun 15 million dollar sarfladi. U ServiceNow’ning barcha bulutli platformalarida mijozlarga kelib tushadigan talabnomalar tasnifini soddalashtirishda yordam berish uchun qo‘llaniladi. May oyida ServiceNow kompaniyasi Parlo’ni xarid qildi. Bu startap sun'iy aql sohasidagi startap bo‘lib, mijozlarga yaratish uchun oddiy bo‘lgan xizmatlar katalogiga esa aqlli biznes-ilovalarni ishlab chiqishda yordam beradi.

Bularning bari Laddi kompaniyaga o‘z ildizini esdan chiqarishga ruxsat berganini anglatmaydi. Uning amaliy jihatga e'tiborini ServiceNow’ning Santa-Klaradagi shtab-kvartirasidagi barcha narsada ko‘rish mumkin: yorug‘ va toza, biroq parvarish qilingan daraxtlar va ko‘chadagi favvoralar  Facebook va Apple binolarining ulkan o‘yin zonalari va ko‘zga tashlanadigan dizayni oldida juda kamtarin.Undan San-Diyegoda tushlik uchun joy tanlashni so‘rashganida milliarder tashrifchilariga ichkarida mayka va oyoq kiyimda yurishni esga soladigan Rudy's Taco Shop’ni afzal bildi. Hozirda tennis va o‘n yoshli o‘g‘li uchun ko‘proq vaqtga ega Laddi jinsi va krossovka kiyib olgandi. “So‘nggi olti yil ajoyib tushga o‘xshaydi, - keyinchalik u uyidagi plyajda tushlikdan keyingi quyoshdan zavqlanib. Men tez-tez odamlarni quchoqlayman, biroq hech kim meni chimchilashiga yo‘l qo‘ymayman”.