Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Omonxonada tosh ko‘chdi: odamlar omonmi?
Boysundan, Omonxona qishlog‘idagi mo‘'jizakor buloqlar yonidagi dala hovlilardan birida dam olayotgan qashqadaryolik M. Shonazarova deya o‘zini tanishtirgan onaxon qo‘ng‘iroq qilib, noxush xabarni yetkazdi, deb yozmoqda 21asr nashri.
“Kecha tunda yonginamizdagi ulkan toshlardan biri qulab tushdi. Esimiz chiqib ketdi. Nega desangiz, ana shu toshlar ostidagi karavotlarda odamlar dam olishayotgandi. Xayriyatki, xudoyim asrabdi, qurbonlar yo‘q, yotganlar sezib qolib qochib qutulibdi. Faqat bir bola shikastlanibdi, kechadan beri daryo bo‘yida shunday toshlar tagiga o‘rnatilgan karavotlarga odamlarni qo‘yishmayapti...”, - degan M. Shonazarova.
Avvalroq, nashr Omonxonada mavjud shifobaxsh buloq suvidan ichish maqsadida dardiga darmon izlab kelganlar, davolash maskanidagi tartibsizlik, qonunbuzarlik, noqonuniy qurilgan mehmonxonalar, suvning sotilayotgani-yu turnaqator navbat kabi muammolar keltirib o‘tilgan maqolani e'lon qilgan edi.
Mavzuga oid
21:32 / 19.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
17:37 / 13.05.2025
“Na ketishni bilamiz, na qolishni” - boysunliklar gaz hidi haqida
20:56 / 11.05.2025
“Buning oxiri bormi?” – kofrunliklar o‘z holiga tashlab qo‘yilganidan xavotirda
14:06 / 05.05.2025