Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar FHDYo bo‘limlari va nikoh uylari mudiralari attestatsiyadan o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 iyundagi PQ-3785-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifa va tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov tomonidan tasdiqlangan Nazorat rejaning 21-bandida FHDYo bo‘limlari tuman (shahar) xokimliklari tasarrufiga o‘tkazilayotganligi munosabati bilan FHDYo bo‘limlari mudiralarini attestatsiyadan o‘tkazish belgilangan.
Davlat xizmatlari agentligi Matbuot xizmatining KUN.UZ’ga bergan ma'lumotiga ko‘ra, Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi, boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari raisligida tuzilgan attestatsiya komissiyasi tomonidan 15 ta Toshkent shahar FHDYo bo‘limi va nikoh uylari mudiralari attestatsiyadan o‘tkazildi. 4 ta mudira egallab turgan lavozimiga nomuvofiq deb topildi.
Mavzuga oid
15:41 / 28.04.2025
Bahorgi attestatsiyadan boshlab ayrim pedagoglarga 70 foizlik ustama to‘lanadi
11:58 / 25.04.2025
“Efirda uzilish va qotish bo‘lgan” – Samarqand va Andijondagi attestatsiya jarayonlari yuzasidan munosabat bildirildi
18:01 / 23.04.2025
Ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi
19:06 / 05.03.2025