Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endilikda uyda o‘tirib mehnat qilayotgan ayollarga ham mehnat daftarchasi ochiladi
Bu haqida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan mamlakatda xotin-qizlarga aloqador bir qancha masalalar, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tildi, deb yozmoqda O‘zA.
Anjumanda, hozirda respublikada 59 ming ayol og‘ir ijtimoiy ahvolda kun kechirayotgani, ularni uy-joy, ishsizlik kabi muammolar qiynab kelayotgani takidlandi. O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva nutqida bu muammolarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
‒ Muhtaram Prezidentimiz ayollar masalasiga oid bir qancha qarorlar, farmonlar tasdiqladilar. Ular natijasida endilikda uyda o‘tirib mehnat qilayotgan ayollar ham qonuniy mehnat stajiga ega bo‘lishi mumkin. Hech qaysi davlatda bunday imtiyoz yo‘q. Misol uchun, uyda 20-30 ta tovuq boqib, yoki tomorqasida mehnat qilayotgan ayollarga ham mehnat daftarchasi ochish mumkin. Ular uchun 4-7 foizli kreditlar berilmoqda. Yaqinda tizimimizda 11-46 raqamli yagona ishonch telefoni ishga tushiriladi. Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushgan, kimdir zo‘rlik, zo‘ravonlik o‘tkazayotgan, hayotida qiynalayotgan ayollar mazkur raqamga telefon qilishlari mumkin. Ularga malakali mutaxassislar tomonidan yordam beriladi, murojaatlar muallifi sir saqlanishi kafolatlanadi, ― dedi T. Norboyeva.
Mavzuga oid
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
12:20 / 29.04.2025
O‘zbekiston va Turkiya tadbirkor ayollarining biznes-forumlari o‘tkaziladi
19:32 / 25.04.2025