Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonliklar uy va mashina sotishdan olgan pullarini pensiya fondiga topshirishadi
Pensiya ta'minoti to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan yangi o‘zgarishlar natijasida, qozog‘istonliklarga kvartira yoki mashina kabi shaxsiy mulkini sotishdan olgan daromadining 10% miqdorini Yagona pensiya jamg‘arma fondiga (YaPJF) o‘tkazib berish majburiyati yuklandi.
2018 yil 14 iyuldan boshlab, mulkni sotishdan daromad olgan fuqarolar YaPJFga 10% miqdorida, ammo eng kam ish haqining (EKIX) 10%dan kam bo‘lmagan miqdorda (ayni paytda EKIX - 28 284 tenge) va EKIX 75 barobarining 10%dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda pensiya to‘lovini amalga oshirishlari shart.
Bundan tashqari, 2020 yil 1 yanvardan boshlab, daromad va xarajatlarning ommaviy deklaratsiyasi joriy qilinadi. Unga ko‘ra, fuqarolarning qimmatbaho xaridlari ularning deklaratsiyada ko‘rsatgan daromadlari bilan solishtiriladi. Agar orada farq chiqsa, fuqaroga ogohlantirish xati jo‘natiladi.
Bu haqda Astana shahrida o‘tkazilgan brifingda Davlat daromadlari departamenti rahbari Madi Takiyev gapirib berdi.
«Uyda saqlayotgan barcha naqd pullaringizni ko‘rsatasiz. Agar ularning umumiy qiymati 14 million tengedan oshsa (taxminan 40 ming dollar), u holda bankda hisob raqami ochasiz va pullaringizni o‘sha yerda saqlaysiz» - dedi Takiyev.
Mavzuga oid
16:39 / 15.05.2025
Pensiya tizimi xususiy sektorga berilishi rad etildi
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025