Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan shahridagi xonadonda yong‘in, 4 yoshli bola halok bo‘ldi
27 iyul kuni Namangan shahrida yashovchi T.U.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Ammo yong‘in oqibatida uydagi somon presslarining 25 kv.m maydoni yonib, zarar ko‘rgan va yong‘in o‘chirish vaqtida uning birga yashagan 4 yoshli nabirasi M.T.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.
Yong‘in kelib chiqish sabablarini aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
20:09 / 25.05.2025