Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon rahbari: AQSh Eronda hukumatni almashtirish maqsadida emas
AQSh o‘z oldiga Eronda hukumatni almashtirish maqsadini qo‘ymagan. Bu haqda Pentagon rahbari Jyeyms Mettis ma'lum qildi, deb xabar berdi Reuters agentligi.
"Bunday maqsad yo‘q, -dedi u jurnalistlarning bu haqdagi savoliga. – Bizga ularning harbiy salohiyati, maxfiy xizmatlari, shunga o‘xshash muassasalari va shaxslaridan kelib chiqqan holdagi tahdidlariga oid xatti-harakatlarini o‘zgartirishlari zarur".
8 may kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtonning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqishini e'lon qildi.
Tramp Eronga nisbatan nafaqat avvalgi sanksiyalarni qaytarish, balki yangi cheklov choralarini kiritishga va'da berdi. 21 may kuni AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Vashington Tehronga mislsiz bosim o‘tkazishini, xususan agar Eron o‘z siyosiy yo‘nalishini o‘zgartirmaydigan bo‘lsa tarixdagi eng qat'iy sanksiyalar rejimini joriy etishini bildirdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025