Afg‘onistonda doyalar tayyorlanuvchi markazga hujum qilindi

Foto: AP/ Shah Marai
Afg‘onistonda doyalar tayyorlanuvchi markazga hujum qilinishi oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, 5 kishi jabr ko‘rgan. Mamlakat xavfsizlik kuchlari hujumni to‘xtatishga muvaffaq bo‘lishgan. Bu haqda Tolo News telekanali ma'lum qildi.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, voqea Nangarhor viloyatining ma'muriy markazi hisoblangan Jalolobodda sodir etilgan. Jangarilar markazga mahalliy vaqt bilan soat 11.30larda hujum qilgan. Hujum 5 soatcha davom etgan.
Markazning ikki xodimi halok bo‘lgan. Hozircha hujumni necha jangari amalga oshirgani, ulardan nechtasi o‘ldirilgani haqida hech narsa ma'lum emas.
Mavzuga oid

21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi

15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin

17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi

17:47 / 12.05.2025