Jamiyat | 14:40 / 29.07.2018
29483
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda 5 kunlik chaqalog‘ini 5 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Surxondaryo viloyatining Angor tumanida chaqaloq savdosiga chek qo‘yildi.

«2018 yilning 26 iyul kuni fuqaro J.R.ning arizasiga asosan, Surxondaryo viloyati IIB JQB «Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish» bo‘linmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Angor tumani tibbiyot birlashmasi tug‘ruqxona bo‘limida A.N. ismli ayol besh kunlik o‘g‘il chaqalog‘ini J.R.ga 5.000.000 (besh million) so‘m pul evaziga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida jinoyat ustida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi», deyilgan Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabarida.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati
Foto: Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati
Foto: Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati

Hozirgi vaqtda Angor tumanida yashovchi A.N.ismli shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid