Sport | 20:45 / 30.07.2018
3027
1 daqiqa o‘qiladi

Afrika futbolini rivojlantirgan sobiq futbol agenti O‘FAda maslahatchi bo‘ldi 

Futbol agenti sifatida faoliyat yuritgan San'at Sharipov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga maslahatchi bo‘ldi. Bu haqda O‘FA sayti xabar bermoqda.

San'at Sharipov 2003 yil Moskvadagi Lomonosov nomidagi Jurnalistika fakultetini tamomlagan. Shuningdek, 2016 yilda Shveytsariyaning Tsyurix shahridagi Xalqaro sport yo‘nalishida ta'lim olib, uni muvaffaqiyatli yakunlagan. Bundan tashqari, 2016 yil Janubiy Afrika Respublikasi futbol assotsiatsiyasida futbolni rivojlantirish bo‘limida ishlagan.

Endi u Yevropa futbolidagi yutuqlar, boy tajriba va futbolchilarni tarbiyalashda yo‘lga qo‘yilgan tizim, mahalliy futbolchilarning xorij klublari bilan shartnoma imzolashda ahamiyat qaratishi kerak bo‘lgan jihatlar kabi ko‘plab masalalarda o‘zining qimmatli maslahatlari bilan o‘rtoqlashib boradi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid