Sport | 01:54 / 30.07.2018
9054
1 daqiqa o‘qiladi

Fotoreportaj: Toshkent derbisidagi eng yorqin suratlar

Superliga 19-turida «Lokomotiv»  o‘z maydonida «Bunyodkor»ni qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. O‘yinda dastlab «Bunyodkor» hisobni ochgandi - 31-daqiqada Xurshid G‘iyosov jamoasini oldinga boshladi. Ammo bo‘lim yakunlanishi arafasida Sardor Mirzayev hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda esa Anzur Ismoilov va Sardor Rashidov bittadan gol urib, «temiryo‘lchilar» jamoasi g‘alabasini ta'minladi.

Endilikda turnir jadvalida «Lokomotiv» 35 ochko bilan uchinchi o‘rinda, «Bunyodkor» esa 36 ochko bilan ikkinchi o‘rinda joylashgan.

Quyida e'tiboringizga Tribuna.uz sayti tomonidan olingan Toshkent derbisidagi eng yorqin suratlarni taqdim etamiz. 

Mavzuga oid