Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyada yetti yoshli qizning maktubidan so‘ng yo‘l belgilari almashtiriladigan bo‘ldi
Yangi Zelandiya transport agentligi yetti yoshli qizning maktubidan so‘ng yo‘l belgisidagi yozuvni almashtirishni rejalashtirmoqda.
Iyun oyida yetti yoshli Zoui Keryu agentlikka maktub yozdi. U maktubida otasi bilan mashinada ketayotib "noto‘g‘ri va adolatsiz" yo‘l belgisiga ko‘zi tushganini bildirdi va uni almashtirishni taklif qildi.
"Nima uchun belgida "montyorlar" (linemen, ingliz tilida "men" so‘zi "erkaklar" va "odamlar" ma'nosini bildiradi — tahr..) degan so‘z yozilgan? Axir bu kasbda ayollar ham ishlashi mumkin-ku. Bu noto‘g‘ri va adolatsiz deb o‘ylayman", – deya yozgan qizning maktubini onasi Keytlin Keryu Twitter’da joylashtirgan.
Agentlik boshlig‘i Fergyus Gammi javob xatida qizni maqtadi va "transport agentligiga uning g‘oyasi ma'qul kelganini" bildirdi. U bir oz vaqtdan so‘ng barcha belgilardagi yozuvlar "ishchilar" (line crew) so‘ziga almashtirilishiga va'da berdi.
Mavzuga oid
21:05 / 02.04.2025
Yangi Zelandiyada politsiya xatosi sabab 11 yoshli qiz ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi
11:14 / 31.01.2025
Yangi Zelandiyadagi Taranaki tog‘i yuridik shaxs deb tan olindi
22:08 / 19.12.2024
Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi ilk bor smartfonlarda ishlay boshladi
19:28 / 27.11.2024