Jahon | 11:05 / 31.07.2018
7928
2 daqiqa o‘qiladi

Imperator pingvinlarning eng katta kolonasi 90 foizga qisqargan

Foto: AFP

Imperator pingvinlarning sayyoradagi eng katta kolonnasi oxirgi 30 yil ichida 90 foizga qisqargan, deb bong urmoqda tadqiqotchi olimlar. 

France 24 xabariga ko‘ra, tadqiqotchilar so‘nggi marta Fransiyaning Afrika va Antarktika o‘rtasida joylashgan «Cho‘chqa orollari»ga tashrif buyurganda, u yerda 2 milliondan ortiq imperator pingvinlar yashardi. 

Antarctic Science jurnalida chop etilgan maqolada ta'kidlanishicha, ayni paytda orolda yashayotgan pingvinlar soni 200 mingdan ham kam. 

Pingvinlar koloniyasi nega kamayib ketayotganiga aniq javob berish qiyin. 

«Bu umuman kutilmagan holat, chunki dunyodagi imperator pingvinlarning uchdan bir qismi shu koloniya tarkibida edi», deydi Biologik tadqiqotlar markazi ekologisti Anri Vaymerskish. 

Anri 1982 yili orolga birinchi tashrif buyurganda ahvol bunday emasligini tasdiqlaydi. Olimlarning fikricha, 1997 yilda yuz bergan El Ninone iqlim sharoiti oqibatida Hind okeani janubiy qismida kuchli issiq havo sharoiti kuzatilgandi, bu pingvinlarning ko‘payishiga salbiy ta'sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin. 

Pingvinlarning boshqa orollarga migratsiya qilishi ham ishonchli sabablardan biri bo‘lolmaydi, negaki, u yaqin atrofda ucha olmaydigan qushlar uchun yashash sharoitiga ega orolning o‘zi yo‘q. 

Anri hozircha ikki farazni yaxshilab tekshirishni rejalashtirmoqda: pingvinlar yuqumli kasalliklar tufayli yoki oroldagi zichlik oqibatida kelib chiqqan kurash sababli kamayib ketgan bo‘lishi mumkin. ​

Mavzuga oid