Minsk Lukashenkoning insult olgani haqidagi xabarlarga izoh berdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning insultga duchor bo‘lgani haqidagi xabarlar uydirma, degan TASSga davlat rahbarining matbuot kotibi Natalya Eysmont.
Bu xabarni Ukrainaning «Delovaya stolitsa» portali belaruslik jurnalistlarga asoslanib e'lon qilgan. Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, aynan insultga duchor bo‘lgani sababli Lukashenko 28 iyuldan buyon omma oldida ko‘rinish bermagan va Gomel shahriga safarga bormagan. Garchi saytda bu haqdagi xabar 30 iyul kuni paydo bo‘lgan esa-da, Belarus prezidentining insultga duchor bo‘lgani haqidagi xabar «Nezygar» mashhur siyosiy Telegram kanalida bir kun avval yoritilgan.
Bunga mazkur kanal Lukashenko qandli diabetdan aziyat chekayotgani, umuman sog‘lig‘iga doir katta muammolar, xususan qon bosimi va oyoq og‘rig‘iga mubtalo bo‘lganini yozib chiqqan edi. Bundan tashqari, «Nezygar» mualliflari keyingi paytlar Belarus yetakchisi «ko‘p yeb, ko‘p uxlayotgani, kuniga 4-5 soatgina ishlayotgani»ni yozib chiqishgan edi.
Belarus prezidentining saytiga ko‘ra, 28 iyul kuni Lukashenko Xitoyning CITIC Group korporatsiyasi boshqaruvi raisi Chang Jenming bilan uchrashgan va shu kuni Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali suhbatlashgan. 29 iyul kuni davlat rahbari faoliyati haqida portalda xabar chiqmagan, 30 iyul kuni esa Marokash qiroliga tabriknoma e'lon qilingan.
23 iyul kuni Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatlashgan va u Belarus prezidentini yaqin kunlarda Rossiyaga tashrif bilan kelishga taklif qilgan. Uchrashuv Sochi shahrida bo‘lib o‘tishi mumkin.
Mavzuga oid
08:14 / 13.10.2024
Olimlar qon guruhi va erta insult xavfi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi
00:13 / 28.09.2024
Lukashenko NATO davlatlariga yadroviy zarba berishga tayyorligini ma’lum qildi
19:03 / 07.10.2022
Lukashenko Putinga traktor sovg‘a qildi, Rahmon esa qovun-tarvuz piramidasini
21:25 / 02.11.2021