Nazarboyev hokimiyat nima ekani haqidagi savolga javob qaytardi
Nursulton Nazarboyev hokimiyat nima ekani haqidagi savolga javob qaytardi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bergan.
"Bir so‘z bilan aytganda, mening o‘ylashimcha, og‘ir narsa. Menga qadar ham donishmandlar hokimiyat nima ekaniga oid savolga javob berishgan. Hokimiyat yovuz narsa ekani, pullar ham odamga baxt bermasligi, shuning uchun bundan ozod bo‘lish lozimligi, oddiy inson hayotida baxt borligi haqida gapirishgan.
Rahbar bo‘lgan, hokimiyatni ushlab turgan bizlar boshqacha o‘ylashimiz kerak, shuning uchun men buni qator pozitsiyalar bilan ifodalagan bo‘lardim. Hokimiyat - birinchi navbatda mas'uliyat. Lavozim qancha yuqori bo‘lsa, mas'uliyat ham shuncha ko‘p bo‘ladi", - deya aytib o‘tdi Qozog‘iston rahbari.
Mavzuga oid
18:31
Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryoda 10 ta gidropost tashkil qiladi
20:09 / 20.09.2024
Qozog‘istonda xorijliklarni deportatsiya qilish qoidalari kuchaytirilishi mumkin
08:30 / 20.09.2024
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
16:07 / 19.09.2024