Jahon | 10:31 / 31.07.2018
2247
1 daqiqa o‘qiladi

Peru sobiq prezidentiga tibbiy tekshiruv uchun AQShga borishiga ruxsat berilmadi

Foto: AP Photo / Pablo Martinez Monsivais

Sudya Xuan Sanches Balbuena Peru sobiq prezidenti Pedro Kuchinskiga mamlakatni tark etishga va AQShga tibbiy tekshiruvdan o‘tish uchun borishga ruxsat bermadi.

Sudyaning so‘zlariga ko‘ra, mart oyida prezidentga Peruni 18 oy davomida tark etishni taqiqlash haqida qaror chiqarilgan bo‘lib, bu qarorga qarshi chiqilmaydi.

Sobiq davlat rahbarining advokatlari tibbiy ma'lumotnoma taqdim etgan, unga ko‘ra 79 yoshli Kuchinskida yurak aritmiyasi sezilgani bois AQShda tibbiy tekshiruvdan o‘tishi lozim edi.

Kuchinski o‘zi bilan bog‘liq firmalar foydasiga Odebrecht kompaniyasidan 4,8 million dollar olganlikda gumon qilinmoqda. Mart oyida Peru kongressi Kuchinskining iste'fo haqidagi so‘rovini qondirgan va uning o‘rniga birinchi vitse-prezident Martin Viskarrani prezident etib tasdiqlagandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid