Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda chiqindidan olinadigan gazdan elektr energiyasini ishlab chiqarish boshlanadi
O‘zbekistonda maishiy chiqindilardan olingan gazdan elektr energiyasini ishlab chiqarish boshlanadi. Prezidentning «2018-2019 yillarda investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni tezlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida shu nazarda tutilgan.
Spot’ning yozishicha, loyiha Janubiy Koreyaning Sejin G&E kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda. U 55 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni yo‘naltiradi.
Ishlab chiqarish Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashadi. Ko‘rsatilgan muddat - 2019-2020 yillar, 2019 yilda 27,5 million dollarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan.
Ishlab chiqarishning e'lon qilingan loyiha quvvati - 15 MVt.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Siemens 100 mln dollarlik birinchi shamol elektr stansiyasini Zarafshonda qurishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
23:55 / 08.04.2025
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi
14:32 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
19:11 / 31.03.2025