Jahon | 00:43 / 31.07.2018
3306
2 daqiqa o‘qiladi

Zimbabveda prezident va parlament saylovlari o‘tkazildi

30 iyul, dushanba kuni Zimbabveda prezident va parlament saylovlari o‘tkazildi.

Uning rasmiy natijalari shanba, 4 avgust kuni e'lon qilinadi, deb xabar bermoqda France-Presse. 

Amaldagi prezident Emmerson Mnangagva saylovda yaqqol favorit bo‘lib qolmoqda. U o‘tgan yilning noyabr oyida 93 yoshli sobiq prezident Robert Mugabe harbiylar tomonidan hokimiyatdan chetlatilgach, hokimiyatga kelgan edi. Uning asosiy raqibi sifatida «Demokratik o‘zgarishlar sari» partiyasi rahbari Nelson Chamisa ko‘rilmoqda. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, aynan shu ikki siyosatchi saylovlarning 2-turiga yo‘l olishi mumkin.

Emmerson Mnangagva

Prezident saylovi bilan bir vaqtning o‘zida parlament saylovi ham o‘tkazildi. Unda 55ta partiya ishtirok etdi. Bunda asosiy kurash mamlakat tarixidagi saylovlarda biror marta yutqazmagan «Zimbabve Afrika milliy ittifoqi - Vatanparvarlik fronti» va «Demokratik o‘zgarishlar sari» partiyasi o‘rtasida kechishi kutilmoqda.

Mavzuga oid