Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadada o‘tkinchilarga mashinasida suv sachratgan xodim ishdan bo‘shatildi
Kanadaning Black&McDonald qurilish kompaniyasi o‘z xodimini 27 iyul kuni avtomobil videoregistratorida yozilgan lavha internetda tarqalib ketganidan so‘ng ishdan bo‘shatdi. Unda kompaniya xodimi boshqaruvidagi Ford Transit furgoni Ottava ko‘chalarida ko‘lmaklarni bosib yo‘l chetidagi yo‘lovchilarga suv sachratgani aks etgan.
Haydovchining bu ishi bilan politsiya qiziqib qoldi va u odamlarga hujum qilishda ayblanishi mumkinligini bildirdi. Politsiya shuningdek, Black&McDonald kompaniyasiga xodimning kimligini ma'lum qilish talabini qo‘ydi.
29 iyul kuni kompaniya vakillari videolavha qahramoni ishdan bo‘shatilganini va qilgan xatti-harakatidan jabrlangan barcha kishilardan uzr so‘raganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
00:45 / 22.05.2025