Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik chavandoz Rossiyadagi gran-prida bronza medalini qo‘lga kiritdi
Ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha «Rossiya ot sporti federatsiyasi Kubogi» chavandozlarimizga yana bir medalni taqdim etdi. Musobaqada ishtirok etish uchun Gollandiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlaridan yetib kelgan Oqil Sobirjonov Gran-Prida 3-o‘rinni egallab, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Musobaqada Rossiya, O‘zbekiston, Belarus, Qozog‘iston va yana boshqa bir qator mamlakatlardan chavandozlar ishtirok etishdi. Oqil Sobirjonov bellashuvlarda barcha to‘siqlaridan xatolarsiz o‘tdi va terma jamoamiz hisobiga medal qo‘shib qo‘ydi.
Oqil Sobirjonov konkur bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining boshqa a'zolari bilan Niderlandiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etib, jahonning ko‘zga ko‘ringan mutaxassislaridan konkur sir-asrorlarini o‘rganayotgan edi. U yerda terma jamoa a'zolari yana bir necha kundan so‘ng Jakartada start oladigan Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.
O‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari doirasida bir qator nufuzli musobaqalar o‘tkazilishi va ularda chavandozlarimiz ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi
20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi
18:01 / 13.02.2025
O‘zbekiston qishki Osiyo o‘yinlari tarixida ikkinchi yaxshi natijasini ko‘rsatdi
15:12 / 13.02.2025