O‘zbekiston | 11:35 / 01.08.2018
36989
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar yarim yil ichida chet eldan qancha pul yuborgani ma'lum

Foto: RBK

Respublika Markaziy bankining pul-kredit siyosati bo‘yicha sharhiga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning chet eldagi daromadlaridan kelib tushgan to‘lovlar hajmi 2018 yilning birinchi yarmida 2,3 mlrd dollarni tashkil qildi.

«Joriy yilning yanvar-iyun oylarida jismoniy shaxslarning transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmining 14 foizga o‘sishi va ularning hajmi 2,3 milliard AQSh dollariga yetishi, shuningdek, eksport-import bo‘yicha tezkor ma'lumotlar 2018 yilning birinchi yarim yilligida to‘lov balansi amaldagi amaliyotlari hisobi ijobiy saldoda saqlanib qolgani borasida dastlabki xulosa chiqarish imkonini beradi», - deyiladi sharhda.

Shu bilan birga, Markaziy bankdan ta'kidlashlaricha, tashqi sharoitlarning nisbatan yaxshilanishi va buning natijasida eksport kanallari orqali valyuta tushumlari hamda jismoniy shaxslar xalqaro pul o‘tkazmalari hajmi oshishi, shuningdek, xorijiy kredit liniyalari ichki valyuta bozorida xorijiy valyuta umumiy taklifi miqdorining o‘sishini ta'minlaydi.

Mavzuga oid