Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» Pogba transferiga tayyorlanmoqda
«Barselona» «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Pol Pogba transferiga jiddiy qiziqmoqda.
Tuttosport nashri xabariga ko‘ra, klub texnik direktori Erik Abidal Los-Anjyelesda futbolchi bilan uchrashgan, suhbatda futbolchining Kataloniya klubiga transferi muhokama qilingan.
Nashr xabariga ko‘ra, «Barsa» Abidalni klubni fransuz futbolchilari bilan kuchaytirishi uchun yollagan. Pogba aynan shunday futbolchilardan biri ekani aytilmoqda.
Bundan avvalroq, Pogbaning agenti Mino Rayola «Barselona» klubi vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda, mijozi jamoasini o‘zgartirishga tayyor ekanini aytgan edi. Futbolchining mankunianliklar bilan shartnomasi muddati 2021 yilgacha tuzilgan.
Eslatib o‘tamiz, Pogba 2016 yili «Yuventus»dan «Manchester Yunayted»ga o‘tgan edi. O‘tgan mavsumda u jamoasining 37ta o‘yinida maydonga tushib, 6ta gol urdi va 11 golga uzatma berdi.
Shu yil yozida u Fransiya terma jamoasi bilan jahon chempionatida g‘olib chiqdi.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025