O‘zbekiston | 01:25 / 02.08.2018
52705
2 daqiqa o‘qiladi

Chiqindiga botib qolgan Ishtixon: shaharni orasta saqlash kimning vazifasi? - video

Ishtixon — Samarqanddagi yirik tuman markazlaridan biri. Tuman markazida keyingi yillarda amalga oshirilgan qurilish va bunyodkorlik ishlari tahsinga sazovor.

Lekin shaharchadagi obodonlashtirish va tozalik ishlari ko‘ngildagidek emas. Ijtimoiy tarmoqlarda shahardagi ariqlar chiqindiga to‘lib yotgani haqidagi suratlar va videolar tarqaldi.

Kun.uz bu xabarlarga ishonib-ishonqiramasdan, Ishtixon tuman markazida bo‘lib qaytdi. Yo‘q, hammasi chin ekan. Ishtixonda azim chinorlardan iborat istirohat bog‘ida ham chiqindi uyilib yotibdi. Chiqindi va barg-xazonlar shundoqqina ko‘chaning yuzida yoqilgan.
 

Shaharning eng markazida — Markaziy dehqon bozori oldidagi chorraha bo‘ylab ariqlar axlatu chiqindilarga to‘la. Antisanitariya holati hech kimni tashvishlantirmayotgan ko‘rinadi. Chunki chiqindilar ko‘p kunlardan beri yig‘ilib yotgani kundek ayon.

Bu hol tuman hokimligi va tuman obodonlashtirish bo‘limi o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashayotganidan darak emasmi?

Shuhrat Shokirjonov (matn),
Ma’rufjon Asqarov (tasvir)

Kun.uz muxbirlari

Mavzuga oid